axborot tizimining asosiy tarkibiy qismi. U tizimning boshqa protsessorlari ishini boshqarish va amaliy jarayonlarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Matritsali printer
shakllantirilayotgan ramz yoki tasvir qismi nuqtalar shaklida aks ettiriladigan printer. Printer nozik tayoqchalar matritsasidan iborat bosib chiqaruvchi kallakka ega. Tayoqchalar matritsasi gorizontal tarzda harakatlanib matn qatori yoki tasvir chizig’ini bosib chiqaradi. Matritsa printerlarning chiqarish sifati birinchi navbatda tayoqchalarning diametri va soniga bog’liq.
Multimedia
bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob’ektlarni fazodagi harakati) effektlari asosida o’quv materialini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishi.
Skaner
Kompyuterga qog’oz varag’i, tasma va h.k.lardan grafika va matn axborotini kiritish qurilmasi. Skaner yordamida kompyuter xotirasiga ikki o’lchamli tasvirni kiritish mumkin.
Xotira
Ma’lumotlar joylashtirish, saqlanishi va olinishi mumkin bo’lgan funktsional qurilma
Nazorat savollari
1. Birinchi hisoblash mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan?
2. Mexanik hisoblash mashinalar haqida nima bilasiz?
3. Birinchi Elektron Hisoblash Mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan?
4. Birinchi avlod EHMlari haqida nima bilasiz?
5. EHM lar avlodlari haqida nima bilasiz?
6. Kompyuter turlari haqida nima bilasiz?
7. Shaxsiy kompyuter asosiy qurilmalarini qisqacha tariflab bering.
8. Mikroprotsessor va qattiq diskni qisqacha tariflab bering.
9. Tezkor va kesh xotira mikrosxemalarini qisqacha tariflab bering.
10. Kontroller va adapterlarni qisqacha tariflab bering.
11. Ona platasi, disk yurituvchilari va elektr ta’minlovchi blokni qisqacha tariflab bering.
12. ShKning boshqarish qurilmasi qanday tuzilgan?