Portlatuvchi plig (DSh) yordamida Qisqa fursatli portlatish. Bu usul xozirgi zamon karerlarida keng kullanib kelinmokda. DSh yordamida Qisqa fursatli portlatishda portlatuvchi plig (DSh) dan iborat portlatuvchi tarmokda sekinlatish perotexnik rele – KZDSh-69 yoki KZDSh-62-2 yordamida amalga oshiriladi. Tajribali portlatishlarda sekinlatish uchun portlatuvchi plig (DSh) sirtmogidan foydalanish shunga asoslanganki, bunda sekundning mingdan bir ulushida 6,5-7m detonastiyalanadi, ya’ni, 10 ms sekinlatish uchun yoki xosil kilish uchun uzunligi 70m bulgan DSh bulagi kerak buladi.
KZDSh ning afzalligi – oddiyligi va xar kanday oralikdagi sekinlashtirishni olish mumkinligi. Kamchiligi – kimmatligida.
Detonastiyalovchi plig (DSh) yordamida Qisqa fursatli portlatish texnologiyasi xam DSh bilan laxzali portlatish texnologiyasi bilan xar xil, fakatgina portlatish tarmogini tayyorlashda bir-biridan fark kiladi. Portlatuvchi plig (DSh) bilan Qisqa fursatli portlatishda, DSh tarmogida uzilish joylariga KZDSh urnatiladi. Pligning uzilish joydagi uzunli KZDSh-62-2 uchun esa – 200mm dan kam bulmasligi kerak. Kabul kilingan portlatish sxemasiga karab, KZDSh – magistral bilan DSh bulagi oraliligiga joylashtiriladi.
Kup katorli Qisqa fursatli portlatishda – zaryadlar portlatilayotgan massivda 2 katordan kup kilib joylashtiriladi. Bu portlatishda noulcham bulaklar chikishi kamayadi, portlatishlar soni kamayadi, burgulash va zaryadlash ishlarida mexnat unuidorligi oshadi, tog transporti mashinalarining bush tuxtab kolish vakti kamayadi.
Kamchiligi: portlatishning seysmik ta’siri oshadi, skvajinalarning bir-birini ishdan chikarishi extimoli oshadi, sekinlatish oraliklarini juda katta aniklik bilan olinishi talab etiladi va portlatish tarmogini yigishning murakkabligi.
Ixcham razval xosil kilish, portlashning seysmik ta’sirini kamaytirish xamda tog jinslarining maydalanishini yaxshilash uchun portlatishning dioganal sxemasi (2.b-chizma) kullaniladi.
Tulkinli sxema– 1m skvajanidan chikkan massa kupayadi, maydalanish yaxshilanadi. Ixcham razval, birok, KZDSh-ning sarfi oshadi va portlatish tarmogini yigish murakkab.
Uyikli sxema – kiyin parchalanuvchi tog jinslarining maydalanish yaxshilanadi, ammo xisoblash va tarmokli yigish murakkablashadi.
Qisqa fursatli portlatishning kundalang (3.b-chizma) va buylama (3.a-chizma) uyikli sxema trasheyalar kazishda, transheya kurinishdagi (3.v-chizma) – tog jinslarining kovlab olishda kullaniladi.
Kup xollarda, kup katorli Qisqa fursatli portlatishda PM ning solishtirma sarfi oshadi (bir katorli k.f.p. ga nisbatan), birok keyinchalik noulchamlarning kam kullanilishi xisobiga uzini oklaydi.
Tegishli seriyadagi sekinlatishli KZDSh bulmagan xollarda va boshka tashkiliy – texnik sabablar bulib kolganda Qisqa fursatli portlashning kombinastiyalangan sxemasi kullaniladi: bunda DSh kesma bulaklariga kerakli sekinlatishdagi EDKZ lar ulanadi. Kamchiligi: oldinrok portlatib ketish xavfi va portlatish tarmogini yigishning murakkabligi.