Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#120543
  1   2   3   4   5
3-Taqdimot


Маърузачи:
Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович
3-MAVZU: IDEAL GAZ VA UNING HOLAT PARAMETRLARI. HOLAT TENGLAMASI. IZOJARAYONLAR
Reja:
I. Makroparamtrlar. Universal-gaz doimiysi. Ideal gaz holat tenglamasi. Birlashgan gaz qonuni. Loshmidt soni.
II. Izojarayonlar. Izotermik, izoxotik, izobarik jarayonlar va bu jarayonlar uchun izografiklar.
III. Adiabatik jarayon uchun P=P(V), P=P(T), V=V(T) bog‘lanishlar va ularning grafiklari.
IV. Politropik jarayon uchun P=P(V), P=P(T), T=T(V) bog‘lanishlar va ularning grafiklari.
I. Makroparamtrlar. Universal-gaz doimiysi. Ideal gaz holat tenglamasi. Birlashgan gaz qonuni. Loshmidt soni.
Gazning holati uchta makroskopik parametrlar: bosim (P), hajm (V), temperatura (T) bilan aniqlanadi.
Bolsman doimiysi va Avogadro doimiysining ko‘paytmasi universal-gaz doimiysi deb nomlanuvchi yangi doimiyni beradi.
Gaz holatining parametrlari (massa, bosim, hajm va temperatura)ni bog‘lovchi tenglamani gaz holatining tenglamasi deyiladi.
1834 yilda fransuz fizigi B.Klapeyron tomonidan topilgan bu munosobat gaz holatini ifodalovchi barcha parametrlarni bog‘lasa ham, lekin amaliyotda qo‘llashga noqulay edi. Gap shunda ediki, tajribada o‘lchash mumkin bo‘lgan makroskopik kattaliklar – bosim, hajm va tomperaturalardan tashqari tajribada aniqlanmaydigan N molekulalar soni ham bor edi.
1974 yilda D.I.Mendeleev bu formulaga makroskopik parametr hisoblanmish massani kiritib formulani mukammallashtirdi. Gaz massasi formulasini keltirib chiqarish uchun N molekulalar sonini gaz massasi m va bitta molekula massasi m0 orqali ifodalaydi.
Gazning bosimi, hajmi va temperaturasi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydigan tenglama ideal gaz holat tenglamasi deyiladi. Odatda yuqoridagi formulani Mendeleev-Klapeyron tenglamasi deb ham yuritiladi.
Idishga solingan ma’lum massali gaz uchun birlashgan gaz qonuni o‘rinli.
Demak, idishdagi ma’lum massali ideal gazning bosimi, hajmi va temperaturasi necha marta o‘zgarmasin bosimni hajmga ko‘paytirib temperaturaga nisbati o‘zgarmay qolar ekan.
Shunday qilib, berk idishda turgan ma’lum massali ideal gaz uchun
bo‘ladi. Bunga birlashgan gaz qonuni deyiladi.
Agar idishdagi gazning massasi o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda o‘zgaruvchilarni tenglikning bir tarafiga, o‘zgarmaslarni ikkinchi tarafiga o‘tkazsak, ushbu
formulani hosil bo‘ladi. Demak, idishdagi gazning massasi, bosimi, hajmi va temperaturasi necha marta o‘zgarmasin, natija bir xil chiqar ekan.
00C temperaturada dengiz sathida bosim 760 mm.sm.ust ni ya’ni, 101325 Pa ni tashkil qilar ekan. Ushbu holatga normal sharoit deyiladi, ya’ni normal sharoitda T=273 K, Pat=101325 Pa bo‘lar ekan.
Normal sharoitda turgan har qanday 1 mol miqdordagi ideal gaz V0=22,4 l hajm egallar ekan. Buni holat tenglamasidan isbotlashimiz mumkin.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, normal sharoitda turgan 1m3 hajmli har qanday ideal gazda 44,5 mol miqdorda gaz yoki 2,7∙1025 ta zarra bo‘lar ekan. Bu songa Loshmidt soni deyiladi.
Ideal gaz holat tenglamasi juda ham universal, ajoyib formula bo‘lib, undan ko‘plab natijalar keltirib chiqarish mumkin. Shulardan eng assoiylaridan bo‘lib esa izojarayonlar hisoblanadi. Keyingi mavzuda shu haqda so‘z boradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin