Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod
4-MA’RUZAKurash turlari texnikasi va taktikasi o`rgatish
Reja
Kurashchilarning texnik harakatlari
Kurashchilarning asosiy turish holatlari
Kurashchilarning taktik harakatlari
Kurash texnikasi - kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Usul - kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun hujum qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan harakatidir.
Himoyalanish - kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan usulni to’xtatib qolishga qaratilgan harakatidir.
Qarshi usul - kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga qaratilgan harakatidir.
Bog’lanish - tik turish holatidan boshlanib parter holatiga o’tish yoki aksincha tartibda bajariladigan usullar uygunligidir.,
To’xtatb qolish - kurashchining raqib hujumini to’xtatib, keyin uni xafli holatga o’tkazishga qaratilgan harakatidir.
Bosib turishlar - kurashchining ko’prik holatida turgan raqib kuragini gilamga tekkazishga qaratilgan harakatidir.
Tashlashlar - tik turish yoki parterda raqibni gilamdan ko’tarish bilan bajarilgan va uni xavfli holatga tushirib qo’yadigan usullardir.
O’tkazish - tik turishda usulni bajarish yo’llari, buning natijasida hujum qiluvchi raqibini parterga turg’azadi.
Ag’darish - bu usullar natijasida kurashchi, raqibni gilamdan ko’tarmasdan turib, uni xafli holatga tushurib qo’yadi.
O’girishlar - parterdagi usullar, ularni amalga oshirish natijasida kurashchi raqibni gilmadan ko’tarmagan holda uni orqasi bilan gilamga ag’daradi.
Ushlab turishlar - kurashchiga raqibni gilamda orqasi bilan yotgan holatda ushlab turishga yordam beradigan usullar.
Yuqoriga chiqib olishlar - parterda pastdagi holatda turgan kurashchiga yuqoridagi holatga o’tib olishga yordam beradigan usullar.
Og’riq beruvchi usullar - bo’g’imni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish bilan bog’liq bo’lgan usullardir, ular natijasida raqib og’riqlarni his qiladi.
Bo’g’ishlar - bo’yinni qisish bilan bog’liq bo’lgan usullar, ular natijasida raqib bo’g’ilishni his qiladi.