Ma’ruzalar kursi 1 – modul: kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi faniga kirish


O’qitishning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/54
tarix16.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#181865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod

O’qitishning maqsadlari va vazifalari


Sport kurashida o’qitish - bu sport kurashi nazariyasi va uni o’qitish usuliyati to’g’risidagi bilimlar kurashchining asosiy o’ziga xos musobaqa, hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan ko’nikma va malakalar tizimini shakllantirishga qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir.
O’qitish maqsadi shug’ullanuvchilarda trenerning kasb faoliyati kontseptsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu kontseptsiya bilimlar va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shug’ullanuvchilarda ongli hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o’z ichiga oladi.
Sport kurashi nazariyasi va o’qitish usuliyati o’quv fanining o’ziga xos sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- sport turi nazariyasi va o’qitish usuliyati bo’yicha bilimlarning optimal hajmi, har tomonlamaligi va etarlicha chuqur bo’lishini ta’minlash;
- ijodiy anglash imkoniyatlarini takomillashtirish;
- kurashchining umumiy tayyorgarlik mashqlarini bajarish malakalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash texnikasi usullari himoyalanishlar va qarshi usullarni bajarishni shakllantirish hamda takomillashtirish;
- musobaqa bellashuvlaridagi texnik-taktik harakatlarning optimal hajmi va turli xilligini shakllantirish;
- o’quv, o’quv-trenirovka, nazorat, musobaqa va ko’rgazmali bellashuvlarni olib borish ko’nikmalari hamda malakalarini shakllantirish;
- kurash usullarini bajarish texnikasini taxlil qilish bilimlari malaka va ko’nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
- kurash texnikasini ko’rsatib berish va tushuntirish malakasini egallash;
- murakkab texnik-taktik harakatlarni bajarishga o’rgatish va takomillashtirish bilimlari, malakalari hamda ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash bo’yicha darslarni tahlil qilish va o’tkazish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
- kurash musobaqalariga hakamlik qilish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda o’tkazish bilimlari, malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin