Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod
O’qitishning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili
Ushbu tamoyilni amalga oshirishning asosiy yo’li shug’ullanuvchini o’zlashtirilgan materialni trenirovka va musobaqa faoliyatida qo’llashga yo’naltirishdan iborat. Kurash usullariga o’rgatishni ularning musobaqalarda qo’llanilishi bilan tanishtirishdan boshlash zarur. Kurashning murakkab texnik-taktik harakatlariga o’rgatishda, odatda, o’rgatishning bo’laklangan uslubidan foydalaniladi. Biroq, agar shug’ullanuvchi texnik harakatning alohida qismlarini o’zlashtirsa, lekin harakatni to’liqligicha bajarishni bilmasa, bunday hollarda harakatning alohida qismlarini o’zlashtirish uni butunlay egallab olishga yordam bermaydi, deyiladi. bunday muvaffaqiyatsizlikning sababi shundan iboratki, shug’ullanuvchi, harakat qismlarini o’zlashtira turib, ularning o’rganilayotgan harakat vazifasi va faoliyat maqsadi bilan mantiqiy bog’liqligini belgilab olmagan.
Shug’ullanuvchining musobaqa faoliyati harakatlarga o’rgatish natijalarini baholashga imkon beradi.
O’qitishning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyilining amalga oshirilishi quyidagi shartlarni bajarishni taqazo etadi:
- alohida harakat vazifalarini hal etish usullariga emas, balki harakat vazifalari sinfini hal qilish uslublari hamda ularning o’zini konstruktsiyalash uslublariga o’rgatish lozim;
- o’rganishni o’rganilayotgan harakat talab qiladigan amaliy faoliyat bilan tanishtirishdan boshlash zarur;
- haraktani uning mantiqiy yo’nalishini (faoliyatda amaliy natijalarga erishish) buzmagan holda o’rganish;
- harakatni, u qanday faoliyat uchun o’rganilayotgan bo’lsa, shu faoliyatda takomillashtirish;
- faoliyat sifatiga qarab, harakatning egallanganligini baholash.
O’qitish uslublari
So’zdan foydalanish uslublari
Ko’rgazmali qabul qilish uslublari
Amaliy uslublar
Hikoya, ta’rif, suhbat, tushunti-rish, tahlil qi-lish, ko’rsatma berish, hisoblash
Plakatlar, kino-grammalar, vi-deoyozuvlarni ko’rsatish, namoyish qilish, ovozli va yozug’li signalizatsiya
Qat’iy tartib- lashtirilgan mashqlar us-lublari. Qismlarga bo’linib o’rganish. Butunligicha o’rganish.
Qisman tartiblashtiril gan mashqlar us-lublari.
O’yin, musobaqa uslublari