Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod
5– MAVZU: «Kurash turlari bo’yicha musobaqa o`tkazish va hakamlik qilish. »
R E J A 1. Kurash turlari bo’yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.
1.1.Musobaqa maqsadi va vazifalari.
1.2.Musobaqani boshqarish.
1.3.Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar.
1.4.Musobaqalarni o’tkazish shartlari va tartibi.
1.5.Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi.
1.6.Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari.
1.7.G’oliblarni taqdirlash.
1.8.Hakamlar kollegiyasi tarkibi va hakamlarning majburiyatlari.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Zamonaviy havaskor kurash janglari diametri 23 fut (7 metr) aylana maydonda bo‘lib o‘tgan, 39 ga 39 fut (12 ga 12 metr) seksiyali gilam o‘rnatilgan. Jang 2-3 daqiqali davradan (rounddan) iborat (har bir davra o‘rtasigi tanaffus 30 sekunddir). Ushbu vaqtlar davomida kurashchilar o‘z raqiblarini qulatishga harakat qilishadi va ularning elkalarini erga tekizishadi. Agarda raqib bir necha sekund davomida o‘rnidan turmasa, hakam buni “yiqilish” deb tan oladi va jangni etakchi kurashchi hisobiga hal qiladi. Agarda hech qanday yiqilish kuzatilmsa, g‘olib baholar asosida aniqlanadi.
Hakam turli muvaffaqiyatli hujum yoki himoyalarga asoslanib baholar beriladi, texnik qobiliyatlar va musobaqa ustidan nazoratga ham qaraladi. Bir qo‘lga qizil va ikkinchisiga ko‘k qo‘lbog‘lagich kiyish bilan hakam kim ko‘p ball to‘plaganini ko‘rsatadi va u bal hisobini ko‘rsatish uchun barmoqlaridan foydalanadi.
Gilamning chetida o‘tirgan hakamlar baholashda yoki o‘zlarining bergan mukofotli ballari uchun savol berish huquqiga ega. Agar hakam va sudya fikri bir joydan chiqamasa, gilam raisi bu muammoni hal etadi. Kurash musobaqalari yosh va vazn kategoriyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu musobaqani uyushtiruvchi tashkilotga qarab o‘zgarishi mumkin.
AQSH kurashi –AQSHda eng asosiy boshqaruv organi bo‘lib – hozirda 9ta yosh kategoriyasi mavjud bo‘lib, ulardan eng birinchisi 7 yoshdir.