Ma`ruzalar matni: 7-semestr mavzu bayoni



Yüklə 73,74 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü73,74 Kb.
#206092
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Strategiya va taktika. Dastlab qadimgi armiyalarda strategiya va taktika mavjud bo`lmagan. Qo`shin jang qilishi uchun maxsus joy tanlanmagan. Raqib armiyalar duch kelgan joyda to`qnashib, tartibsiz jangga kirishgan. Har holda urush vaqtida armiyaning saflanib jangga kirishi asta-sekin yuz beradi. Mil. avv. II ming yillikda Misr armiyasi qismlarga bo`linib jangga kirgan. Armiyaning alohida qismlariga ilohlarning nomlari berilgan. Qadimgi Xitoy qo`shiqlaridan birida Qadimgi Chjou sulolasi davrida (mil.avv. XII-VIII asrlar) xitoy armiyasi dushmanga qarshi urushga «to`p bo`lib yurmasdan saf-saf bo`lib» borishlari to`g‘risida ma’lumot beriladi.1
Keyinchalik harbiy soha tajribasi ortib borishi bilan shu sohaga mas’ul davlat mahkamasi va zobitlar paydo bo`lgan. Harbiy mahkama armiyani tashkillashtirish hamda urush taktikasi va strategiyasi bilan shug’ullana boshlagan.
Qurol-yarog’ va moddiy-texnika ta’minoti. Boshda qo`shin ta’minoti deyarli mavjud bo`lmagan. Urush xavfi tug'ilganda qo`shin aholidan, ko`ngilli jamoachi dehqonlardan to`plangan. Ko`ngillilar o`zi bilan oziq-ovqat, qurol olib kelishi shart bo`lgan. Qurol juda oddiy bo`lib, kaltak, nayza va kamondan iborat bo`lgan. Hatto issiq iqlimli mamlakatlarda askarlarda oyoq kiyimi bo`lmagan, kiyim faqat belidan pastni o`ragan poxol yoki mato parchasidan iborat bo`lgan (Misr, Nubiya). Armiya orqasidan harbiy yurish vaqtida armiyaga xizmat ko`rsatadigan savdogar-markitantlar ergashib yurganlar. Savdogar-markitantlar armiyaga zarur bo`lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlar bilan savdo qilganlar. Askarlardan urushdan tushgan o`ljani, asirlarni sotib olganlar. Armiya turgan qarorgoh yonida vaqtinchalik oshxonalar tashkil etganlar.
Boshda mamlakat aholisidan to`plangan ko`ngilli askarlar o`z quroli va oziq-ovqati bilan harbiy xizmatga kelgan. Asta-sekin muntazam armiya tashkil etilishi bilan davlat hokimiyati armiyani qurol-yarog' bilan ta’minlashni o`z zimmasiga ola boshlagan. Zodagon zobitlar o`z hisoblaridan qurollanganlar. Davlatga tegishli qurol-yarog' ustaxonalari paydo bo`lgan. Qadimgi Misr va Xett davlatlarida jang aravalari davlat ustaxonalarida tayyorlangan. Shahar, qal’alarni qamal qilish uchun kerakli bo`lgan uskuna va mexanizmlar ham davlat korxonalarida tayyorlangan. Armiya ta’minoti juda yomon ahvolda bo`lgan.
Aloqa xizmati. Qadimgi davlatlarda urush harakatlari paytida aloqa xizmati yo`lga qo`yilgan. Ammo yo`llarning yomonligi aloqa xizmatini qiyinlashtirgan. Ayrim davlatlarda aloqa xizmatidan unumli foydalanilgan. Misol uchun, Ahmoniylar Eroni davlatida aloqa xizmati yaxshi yo`lga qo`yilgan, uch ming km uzunlikdagi shox yo`li bepayon mamlakatni birlashtirib turgan. Shu bilan birga davlat xavfsizligini ta’minlashda, armiyani jadal harakatlanishida va harbiy aloqa xizmatini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan.

Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin