Ma`ruzalar matni: 7-semestr mavzu bayoni



Yüklə 73,74 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü73,74 Kb.
#206092
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu


MA`RUZALAR MATNI: 7-SEMESTR

Mavzu bayoni




1-mavzu: Kirish. Fanning mazmuni, maqsad va vazifalari. Qadimgi dunyoda harbiy san’atning shakllanishi. Ilk harbiy qurollarning paydo bo`lishi.
Reja:
1. “Harbiy san’at” tushunchasi va uning mazmun mohiyati
2. “Harbiy san’at tarixi” fanining maqsad va vazifalari..
3. Harbiy san’at tarixining boshqa fanlar bilan aloqalari va manbalari.
4. Insoniyat tarixiy taraqqiyot jarayonini to`liq o`rganishda urushlar va harbiy san’atning o`rni.
5. Ibtidoiy davrda harbiy mashg’ulotlar va jang olib borish masalasi

Harbiy san’at tarixi insoniyat tarixining bir qismi. Harbiy san’at tarixini o`rganish barqaror taraqqiyotni belgilashda, zamonaviy armiyaning о`rnini ang’iashga yordam beradi. Mamlakatimiz daxlsizligi va chegaralarining xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo`lgan harbiylar harbiy san’at tarixini atroflicha o`rganishlari o`z xizmat vazifalarini samarali bajarishga yordam beradi. Bu notinch dunyoda hali urush xavfi mavjud ekan, mamlakat xavfsizligini ta’minlashda yosh avlodni harbiy sohani o`rganish asosida harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hayotiy zaruriyat bo`lib qolaveradi.


Insoniyat taraqqiyoti urushlar bilan birga yonma-yon kechdi. Insoniyat tarixi yaratishlar, bunyodkorlik, ezgulik tarixi bo`lishi bilan birga, urushlar, yo`qotishlar davri hamdir. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, so`nggi 6 ming yil mobaynida Yer sharida 15 mingdan ziyod urush sodir bo`lgan. Shu davrning ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. Ma’lum ma’noda tarixda o`chmas iz qoldirgan davlatlarning shu qudratga erishuvining asosiy va bosh omillaridan biri uning muvaffaqiyatli olib borgan urushlari yoki o`z-o`zini mudofaa qilish imkoniyati bilan bog’liqdir.
Bu ikki omil bo`lsa umumiy ravishda harbiy san’at tarixi bilan uzviy bog’lanadi. Hech shubha yo`qqi, davlatlarning uzoq muddat davomida o`z mustaqilligini saqlab qolganligi va dunyoga taniqli darajaga erishuvida harbiy sohadagi yutuqlarining o`rni kattadir.
Kishilik tarixining katta va jaralmas qismini tashkil etuvchi urushlar va harbiy san’at tarixisiz tarixni to`la ochib berish qiyindir. Tarix dunyoga harbiy mahoratni yuksak san’at darajasiga ko`targan Aleksandr Makedonskiy, Spitamen, To`maris, Yuliy Sezar, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Chingizxon, Amir Temur, Bobur singari shaxslarni yetkazib berdiki, ularning harbiy sohada amalga oshirgan ishlari ularning shaxsiyatini o`rganish bilan birga, ular yashagan davr tarixini va davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini batafsil o`rganishga imkon beradi. Shuning uchun ham aksariyat hollarda jahon mamlakatlarida “Harbiy san’at tarixi” fani maxsus shu soha mutaxassislari bilan birgalikda tarix sohasida ixtisoslashayotgan mutaxassislarga ham asosiy tarixga yordamchi fanlardan biri sifatida o`qitib kelinmoqda.
Mazkur kursda asosiy e’tibor dastlabki harbiy ish shakllanishidan to yangi zamon davrigacha bo`lgan davr oralig’idagi Sharq va G’arb (Yevropa) mamlakatlarida harbiy san’at taraqqiyotining umumiy jihatlarini o`rganishga qaratilgan.
Harbiy tarix - 1) qadimgi zamonlardan hozirgi kungacha harbiy ishlarni rivojlantirish jarayoni; 2) Qurolli Kuchlarni qurish va rivojlantirish kabi insoniyat jamiyatining mavjudligi, bunday amaliyotni o`rganadigan klassik tarixiy fanning intizomi. Harbiy tarix, aniq urush va harbiy tadbirlarni o`rganishdan tashqari, ularning maqsadlarini, natijalari va ahamiyatini tahlil qilib, Qurolli Kuchlarning qurilish tarixini va qo`shinlarini, turlarni jalb qilish, turlarni taqsimlash tamoyillarini ko`rib chiqadi va qo`shinlarni tuzish, harbiy fikr va harbiy fikrlar va taktikalarning obrodlari. Ichida harbiy tarix Bo`limlar ajratilgan: harbiy tarixiy, harbiy manbani o`rganish, harbiy arxeografiya. Harbiy tarix manbalari qonunlar, choralar, ko`rsatmalar, buyruqlar, qonunlar, aniqlik, qonunlar, letters, nazariy asarlar (L. G. Berekronnaya).
Harbiy san’at tarixi - bu, urushlarning mazmuni, sabablari, xarakterlarini, ularni olib borish usul va vositalarini jamiyat hayotining ijtimoiy­ iqtisodiy, siyosiy va moddiy­texnikaviy sharoitlari o`zgarishi bilan bog‘liqlikda o`rganadigan fan.

Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin