Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)
O‘z. R. qonuni «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»
Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jalik mah-suloti etishtirishdir.
Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bir qatorda kooperativning o‘z hududida ham, shuningdek, undan tashqari ham qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qonunlarda ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari baln shug‘ullanishga haqli. (32-modda)
Fermer xo‘jaliklari
O‘z. R. qonuni «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. (20-modda)
Dehqon xo‘jaliklari
O‘z. R. qonuni «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»
Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. (16-modda)
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ)
O‘Z. R. qonuni «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida»
MChJ ta’sischilarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Ta’sischilar MChJ ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib majburiyat-lari bo‘yicha javobgardir. (16-modda)
O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiya-dorlarning himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni
Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog‘ida auditor ta’sischilarning eng ko‘p soni va bir ta’sischi-ning ustav kapitalidagi eng ko‘p ulushi hamda ustav kapitalining eng kam ko‘lami tegishli yuridik shaxs uchun qo‘llaniladigan Qonun bilan aniqla-nadi. Masalan, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (OTAJ) ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘l-masligi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (YoTAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yil-gan eng kam ish haqining yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi kerak (20-modda).
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko‘rsatishi hamda kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo‘lishi) to‘g‘risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi: