nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;
korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir;
nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.
Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi muhim xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.
Nazorat muhitining ahvoli rahbarlarning ish uslubi, ularning dunyoqarashi, nazorat va xodimlar ustidan nazorat maqsadini tushuntirish tizimining samaradorligiga bog’liq.
Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat:
tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlar-ni olish imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishiga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar korxonadagi hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim hollarda buxgalteriya xodimlari yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan noqonuniy hisob amallarini bajarishni hohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.
Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilar-dan iborat:
xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, b