Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə58/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Muqobil balans tuzish – auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda qo’llaniladi-gan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Auditorlik dalillar nima?

  2. Auditorlik dalillarning tayinlanishi qanday tashkil ztiladi va uning oldiga qanday talablar qo’yiladi?

  3. Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?

  4. Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud?

  5. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plash qanday amalga oshiriladi?

  6. Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?

  7. Analitik protseduralar (tahliliy amallar)nima?

  8. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?



9 Mavzu. AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI


REJA:
1. Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash.
2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi.
3. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.


1. Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash.
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;

  2. aniqlangan kamchiliklarning muhimlik darajasini baholash;

  3. auditorlik dalillarning etarliligini baholash;

  4. faoliyat ko’rsatayotgan korxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash;

  5. buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;

  6. hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;

  7. tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;

  8. auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:

  1. xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;

  2. tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;

  3. mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;

  4. inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;

  5. katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;

  6. tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.

Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni tekshirish» bo’limi bo’yicha o’tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiq:

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin