Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xarajatlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə103/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element bo‘yicha xarajatlar ro‘yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to‘g‘risidagi Nizom»da batafsil berilgan. (1. 2. 1-1. 2. 3. (1. 2. 3. 1-1. 2. 3. 8)-1. 2. 5. (1. 2. 5. 1-1. 2. 5. 4) -1. 2. 7 bandlar).
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirish-da aniqlanadigan asosiy xatobu xarajatlarning ishlab chiqarish yo‘nali-shi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dast-labki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryad-lar, hisoblashuv to‘lov vedomostlari)ni tekshirish chog‘ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-maishiy va sh. o‘)da band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»va 6720-«Deponent-langan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo‘yicha ma’lumotlarning ish-lab chiqarishga olib borilgan qismini, yig‘ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo‘yicha jami ko‘rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko‘ra, yig‘ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo‘yicha ma’lumotlarga qaraganda ko‘p bo‘lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari». Bu elementga budjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to‘lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug‘urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pen-siya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borili-shini tekshirishda budjetdan tashqari fondlarga to‘lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o‘zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog‘liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov manbasi qanday bo‘lsa, badallarni to‘lash manbasi ham shunday bo‘ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o‘z xususiy mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so‘mlik moddiy rag‘batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar summalari(ijtimoiy sug‘urta fondiga 37, 3%- 7460 so‘m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so‘m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so‘m, Dt 2010 Kt 6520 - 300 so‘m). Auditor ushbu xo‘jalik muomalalari bo‘yicha tuzilgan schyotlar korrespondensiyasini noto‘g‘ri deb topib, jami 27760 so‘mga mahsulot tannarxi asossiz oshiril-gan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag‘batlantirish summasi (20000 s.) va u bo‘yicha hisob-langan barcha ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo‘shilmasdan, kor-xonaning o‘z mablag‘lari ya’ni moddiy rag‘batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin