Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə115/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi.

Tekshiriladigan masala

qaysi me’yo-riy hujjatga muvofiq

1. Valutani sotib olishga doir muomalalarni hisobga olish uchun foydalaniladigan, ishchi schyotlar rejasida keltirilgan schyotlar.




2. Pulini to‘lash uchun valuta sotib olinadigan, sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga bank komission mukofotining qo‘shilishi.


3. Bankka to‘langan komission mukofotning 80 schyot debetiga olib borilishi.




4. Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog‘ida moliyaviy natijaning 80-schyot debetiga olib borilgan, komission mukofotlar va kurs tafovutlari summasiga tuzatilganligi.




5. Valuta sotib olishda chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish sanasini belgilashning to‘g‘riligini tekshirish.




6. Valutaning so‘mga hisoblab o‘tkazish chog‘ida qo‘llanilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kurslarining to‘g‘riligini tekshirish.




7. Valuta sotib olishga doir muomalalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish bo‘yicha schyotlar bog‘lanishini (korrespondensiyasini) tekshirish.




Valuta qonunchiligiga muvofiq valuta sotish quyidagicha turkumla-nishi mumkin:


1. Majburiy sotish.
2. Qaytarib sotish.
3. Erkin (ixtiyoriy) sotish.
Valutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intel-lektual faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valuta schyotiga kirim qilingan valuta tushumlarini hamda bo‘naklar va oldin to‘lovlar sifatida olingan kirimlarni o‘z ichiga oladi.
Valutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit schyotga qabul qilingan valutalarni sotishni o‘z ichiga oladi. Bu agar sotib olingan valuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident tomonidan xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun ishlatilmagan valutalar maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo‘yicha belgilangan muddatlarda hisobdan o‘chirilmagan hollarda.
Valutani ixtiyoriy sotish valuta tushumining majburiy sotiladigan summasidan oshgan summasini va joriy valuta schyotidan valuta sotishni o‘z ichiga oladi.
Valutani majburiy va qaytarib sotish chog‘ida qonunchilikda belgilan-gan, sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalte-riya hisobida aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valutani ixtiyoriy sotish-da esa, asosan, ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi.
Valutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin.


Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin