Tekshiriladigan masala
|
Qaysi me’yo-riy hujjatga muvofiq
|
1. Korxonada valuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotini qo‘llash.
|
|
2. Valuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo‘yicha bankka to‘lanadigan komission to‘lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni tekshirish.
|
|
3. Valutani majburiy sotish bo‘yicha bankka to‘lanadigan komission to‘lov-ning tannarxga qo‘shilishi.
|
|
4. Valuta muomalasi bo‘yicha zarar ko‘rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog‘ida moliyaviy natija tuzatilganligi.
|
|
5. Valuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo‘yicha chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish sanasini belgilashning to‘g‘riligini tekshirish
|
|
6. Chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan valuta kurslarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish
|
|
7. Valuta sotishni aks ettirishga doir schyotlarning o‘zaro bog‘lanishi (korres-pondensiyasi) to‘g‘riligini tekshirish.
|
|
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari sintetik hisobining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish
Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bunday schyotlar mam-lakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, bosh-qa to‘lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valutalardagi pul mab-lag‘larini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o‘rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyat-laridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bankdagi maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo‘lib, ularda pul mablag‘lari harakati ham so‘mda, ham valutada aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag‘-larining maqsadli tayinlashiga ko‘ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:
maqsadli (tadbirlarni) mablag‘ bilan ta’minlashni (bolalar bog‘cha-si, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;
kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashga mablag‘larni to‘plash uchun;
bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.
Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo‘yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag‘larining maqsadli tayinlanish turlari bo‘yicha mavjud-ligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyat bo‘yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirish-da qo‘shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo‘llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur:
hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko‘zda tutilganligi;
akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi;
akkreditivdan naqd pul mablag‘larining to‘lanmaganligi;
akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to‘g‘riligi.
5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyo-ti» analitik schyoti bo‘yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’ti-bor qaratish lozim:
maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ro‘yxati, berilgan bank kartasi-ning tiplari;
trans chegara to‘lovlarini amalga oshirish chog‘ida amaldagi valuta qonunchiligiga rioya qilinishi (O‘zbekiston Respublikasi hududidan tash-qaridagi chet el valutasidagi hisob-kitoblar);
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;
korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;
ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun korporativ kar-talar ishlatilmaganligi;
kurs farqlarini to‘liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to‘g‘riligi.
Dostları ilə paylaş: |