Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Tashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tka-zishdan maqsad



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə122/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Tashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tka-zishdan maqsad tashqi hisob-kitoblarga doir majburiyatlarni (debitor va kreditor qarzlarni) aks ettiradigan buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligi hamda qo‘llanilayotgan hisob yuritish uslubiyatining me’yo-riy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa shakllantirishdan iborat.


Tashqi hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar



Auditning vazifalari

«Tashqi hisob-kitob muomalalari auditi» bo‘limining tekshiruv dasturi bo‘yicha savollar

Tashqi hisob-kitob muo-malalarini hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish

Tashqi hisob-kitob muomalalari bo‘yicha qarzdorlikni invent-tarizatsiya qilish materiallarining mavjudligi va tahlili.
Debitor va kreditor qarzlar vujudga kelishining hujjatlar bilan asoslanganligi va qonuniyligi, ularni qaytarishning realligi.
Shubhali hisob-kitoblarni va talab qilinmagan qarzdorlikni aniq-lash
Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi.

Mol yetkazib beruvchi-lar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri-ligi va to‘liqligini tekshi-rish

Olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun hisob-lashishlar bo‘yicha dastlabki hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligi.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob registrlariga mosligi.
Hisob registrlaridagi schyotlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni aks ettirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi.
Hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligi va qarzdorliklarning realligi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzdorliklarni hisobdan o‘chirish tartibiga rioya qilinishi.

Xaridorlar va buyurt-machilar bilan hisob-kitob-larni hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirish

Xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar uchun dastlabki hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligi.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob re-gistrlariga mosligi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisob registrlaridagi schyotlarda aks ettirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi.
Olingan bo‘naklarning asoslanganligi va to‘g‘ri rasmiylash-tirilishi.
Hisob-kitoblarning o‘z vaqtidaligi, xaridorlar va buyurtmachilar qarzlarining realligi va ta’minlanganligi.
Xaridorlar va buyurtmachilarning debitor qarzlarini hisobdan o‘chirish tartibiga rioya qilinishini tekshirish.

Da’volar bo‘yicha hi-sob-kitoblarni hisobga olishni tekshirish

Da’volar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishining o‘z vaqti-daligi, asoslanganligi va to‘g‘riligi.
Da’volarni hisobda aks ettirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi.
Da’volar bo‘yicha qarzdorliklarning realligi.

Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-ki-toblarni hisobga olishning to‘liqligi va to‘g‘riligi.

Deponentlangan ish haqini hisobga olishning o‘z vaqtidaligi, asoslanganligi va to‘g‘riligi.
Ijro varaqalari bo‘yicha ish haqidan ushlangan summalarning asoslanganligi va to‘g‘riligi, ularni oluvchilarga o‘tkazib berish-ning to‘liqligi va to‘g‘riligi.
Transport tashkilotlari bilan va notijorat tavsifdagi muomalalar bo‘-yicha turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi.
Balans tuzish sanasiga turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha qarzdorliklar haqqoniyligi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ta’sis shart-nomasi bo‘yicha hisob-ki-toblarni hisobga olishning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish

Ta’sis shartnomalarining mavjudligi va to‘g‘ri tuzilganligi.
Ta’sis shartnomasi bo‘yicha hisob yuritishning qonuniyligi va bu shartnoma bo‘yicha muomalalarning hujjatlar bilan asos-langanligi.
Ta’sis shartnomasi doirasida xo‘jalik faoliyatini soliqqa tortish va mulklarni alohida hisobga olishning to‘g‘riligi
Shartnoma ishtirokchilari o‘rtasida foydaning taqsimlanishi.

Tashqi hisob-kitob muo-malalarini auditorlik tek-shiruvidan o‘tkazish nati-jalarini umumlashtirish

Hisob-kitoblar ahvolining korxona to‘lov layoqatiga ta’sirini baholash.
Aniqlangan xatolarning jiddiylik darjasini va ularning hi-sobotlar ishonchliligiga ta’sirini baholash.

Qo‘yilgan vazifalarni hal etishga erishish uchun har xil usullar va axborot manbalaridan foydalanib, isbot-dalillarga ega bo‘lish zarur. Tashqi hisob-kitob muomalalarini tekshirish chog‘ida auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:


tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan, asosiy me’yoriy hujjatlar;

  1. hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq;

  2. buxgalteriya hisobotlari;

  3. korxonada tuzilgan, tashqi hisob-kitob muomalalarining sintetik va analitik hisobi registrlari;

  4. tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan dastlabki huj-jatlar.

Korxonaning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruq bo‘yicha auditor quyidagilar bilan tanishadi:

  • tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qo‘llaniladigan ishchi schyotlar rejasi;

  • buxgalteriya hisobining shakli va korxonada tuziladigan hisob registrlarining ro‘yxati;

  • tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi);

  • tashqi hisob-kitob muomalalari rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolash huquqi berilgan shaxslar ro‘yxati;

  • tashqi hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish.

Auditor buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktividagi II-«Joriy aktiv-lar» bo‘limi ma’lumotlaridan «Debitor qarzlar» moddasi va passividagi II - «Majburiyatlar» bo‘limi ma’lumotlaridan «Kreditor qarzlar» moddasi bo‘-yicha qarzdorliklarning ahvolini aniqlaydi.
«Debitor va kreditor qarzlarning holati to‘g‘risida ma’lumotnoma» (2a-shakl)ga muvofiq uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va harakati («muddati o‘tib ketganlari» ajratib ko‘rsatilgan holda) aks ettiriladi.
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shaklidan kelib chiqqan holda har xil sintetik va analitik hi-sob registrlari taqdim qilinishi mumkin. Tekshiruv uchun zarur bo‘lgan hi-sob registrlarining ro‘yxati hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqda belgilangan bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo‘llaydigan korxona va tashkilotlarda tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda «Buxgal-teriya hisobining jurnal-order shaklini qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiya-lar»ga muvofiq №6, 8 va 11 - jurnal-orderlar ishlatiladi.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4210, 4310, 4320, 4410, 4510, 4550, 4610, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6530, 6810-6890, 6520 schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlar hamda qoldiqlarining bosmadan chiqarilgan varagi, analitik vedomostlar va Bosh daftar (oborot-qoldiqli vedomost), reali-zatsiyaga doir reestrlar va daftarlardan foydalaniladi.
Shuningdek, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarini rasmiylashtirish va aks ettirish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni talab qilib olishi zarur. Masa-lan, shartnomalar (oldi-sotdi, yetkazib berish, komissiya, pullik xizmat, pudrat va hokazo), nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, schyotlar, schyot-fakturalar, jo‘natuvchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, bank hujjatlari (bank ko‘chirmalari, to‘lov topshiriqnomalari, cheklar reestri), kassa hujjatlari (kassa chiqim orderlari va kassa kirim orderlari-ning kvitantsiyalari), avizolar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa debitor hamda kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish dalolatnomasi (inv-17 shakl).
Tashqi hisob-kitob muomalalari ustidan o‘rnatilgan ichki nazoratni baholash uchun auditor quyidagilarni aniqlaydi:

  1. hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish tartibi, muddatlari va natijalari;

  2. hujjatlar aylanish grafigining mavjudligi va unga rioya qilinishini nazorat qilish;

  3. to‘lovlar va hisob-kitoblar holati hamda boshqalar ustidan nazorat qilish shakllari, muddatlari va ijrochilari.

«Debitor va kreditor qarzlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma» (2a-shakl) ma’lumotlariga muvofiq muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzlar miqdori, debitor qarzlarning moliyaviy natija hisobiga hisobdan o‘chirilishi, shuningdek, eng katta miqdordagi qarzdor debitor-tashkilotlar ro‘yxati aniqlanadi. Tekshiruv jarayonida ushbu ma’lumotlarning haqqo-niyligini isbotlash va muddati o‘tib ketgan debitor qarzlarni undirish imko-niyatini aniqlash zarur.
Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga muvofiq auditor quyidagilarni aniqlaydi:

  1. hisob-kitob munosabatlari va ularning soni;

  2. qo‘llaniladigan to‘lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o‘zaro qarz surishish yo‘li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo‘li bilan);

  3. analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o‘xshash);

  4. nostandart buxgalteriya yozuvlari.

Hisob-kitob munosabatlarining ishtirokchilari ko‘p va to‘lovlar shakl-lari xilma-xil bo‘lganida auditorlik risk kuchayib, buni mazkur soha bo‘yi-cha tanlab tekshiriladigan hisob-kitob shakllari va to‘lov turlarini aniqlash-da e’tiborga olish lozim.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash hisob-kitoblarning turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish buxgalteriya balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310, 4320, 4390, 4510, 4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6520, 6530, 6810-6890 schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlarining mosligini aniqlash-dan boshlanadi.
Tekshiruv chog‘ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi:

  1. hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettiril-ishi;

  2. shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv hisobidan kamaytirilishi lozim.

Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o‘tganlari» ajratib ko‘rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlani-shining to‘g‘riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi.
Aniqlangan nomuvofiqliklar bo‘yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi va vujudga kelish sabablari aniqlanadi.
Qarzdorliklarning haqqoniyligini aniqlash uchun inventarizatsiya ma’lu-motlari hisob-kitoblarning har bir turi bo‘yicha tahlil qilinadi. Hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari bo‘lmaganda yoki agar inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo‘lsa, auditorlar vaziyat taqozosiga ko‘ra yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o‘tkazadilar.
Qarzdorliklarning haqqoniyligi har bir hisob-kitob turi bo‘yicha de-bitor va kreditor qarzlar qoldiqlari summalarining tegishli hujjatlar bilan asoslanganligini tekshirish yo‘li bilan ham aniqlanadi. Tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan qarzdorlik summalari noreal qarzlar qatoriga o‘tka-ziladi. Qarzlarni vujudga kelish muddatlari bo‘yicha tahlil qilishda aniq-langan, muddati o‘tib ketgan qarzdorlik summalari ham noreal qarzlar qa-toriga qo‘shiladi.
Noreal qarzlar aniqlanganida auditor ularning vujudga kelish sabab-lari, aybdor shaxslari va tegishli balans moddalari ishonchliligiga ta’sirini aniqlaydi.
Tashqi hisob-kitob muomalalari bo‘yicha qoldiqlarni tasdiqlashda shubhali qarzlarning mavjudligi aniqlanadi. №21 - BHMSga muvofiq shartnomada belgilangan muddatda (agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa - buning uchun normal zarur vaqt davomida) undirib olinmagan va tegishli kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar shubhali qarzlar deb tan olinadi. Shubhali qarzlar mavjud bo‘lgan holatlar aniqlanganida shub-hali qarzlar bo‘yicha rezerv yaratish faktlari va ularning to‘g‘riligi tekshi-riladi.
Buning uchun 4910-«Shubhali qarzdar bo‘yicha rezervlar» schyoti ma’lumotlarining haqqoniyligi aniqlanadi.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo‘yicha qoldiqlar to‘g‘riligi dastlabki tasdiqlanganidan so‘ng hisob-kitob schyotlari bo‘yicha oborotlar ishonchliligi tekshiriladi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin