Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to’langan to’lovlarga doir dastlabki hujjatlarni tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə59/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to’langan to’lovlarga doir dastlabki hujjatlarni tekshirish. Auditorlar odatda buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit o’tkazilgan oxirgi kunga qadar amalga oshirilgan to’lovlarni ham tekshiradi. Bu tekshiruv natijalari hisob ma’lumotlarining ishonchliligini joriy majburiyatlarni balansda aks ettirishning to’liqligi va haqqoniyligi nuqtai nazaridan baholashga imkon beradi. Ushbu amallarni bajarish natijasida joriy majburiyatlar to’liq va haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng to’langan qarzlarga nisbatan etarli darajada deb baholanishi mumkin. Shundan so’ng auditor to’lovi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta - kichikligini baholaydi;
schyotlarni buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng tayyorlangan moddiy javobgar shaxslar hisobotlari bilan, hisob ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlar bilan solishtirish. Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar (etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun) joriy davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan hisobotda aks ettirilishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so’ng tayyorlangan materiallar harakati to’g’risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va majburiyatlarning balansda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga muvofiq.
Mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va to’lov hujjatlari bilan solishtirish. Agar debitor va kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning to’g’riligi va aniqligini tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha majburiyatlarning oshirib ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob registrida ikki marta aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin