Ma’ruzalar matni


-rasm. Dispers qo‘shimchalarning (ohak, giltuproq) qorishma mustahkamligiga ta’sirini ifodalovchi umumiy bog‘lanish



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə106/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

17.2-rasm. Dispers qo‘shimchalarning (ohak, giltuproq) qorishma mustahkamligiga ta’sirini ifodalovchi umumiy bog‘lanish
Sement : qum (hajm bo‘yicha): 1-1:3; 2-1:4; 3-1:5; 5-1:9.
Engil betondan tayyorlangan panellar choklarini berkitishda 50 markadan kam bo‘lmagan, og‘ir beton panellar uchun esa 100 markadan kam bo‘lmagan sementli montaj qorishmalari ishlatiladi.
Er osti konstruksiyalarini g‘isht va toshdan barpo etishda, beton poydevor bloklarini terishda sement sarfi qumning miqdoriga nisbatan
kamida 75-125 kgm3 bo‘lishi kerak.
YUqori namlikdagi gruntlarda va er osti suvlaridan pastda joylashgan bino qismlarida terish ishlarini olib borishda aktiv mineral qo‘shimchali portlandsement yoki shlakli portlandsement (kamida 125 kgm3 qumga nisbatan) asosidagi qurilish qorishmalari ishlatilishi kerak.
Muxit harorati pasaysa qorishmalar mustahkamligining o‘sish sur’ati ham kamayadi. Past haroratda qorishmaning mustahkamligi 28 sutkada markadagiga nisbatan 55-75% tashkil etadi. SHlakli va putssolanli sementlar asosida tayyorlangan qorishmalar 100Sdan past haroratda ishlatilsa mustahkamlikning o‘sishi keskin pasayadi va harorat 00S dan pasaygan qorishmada qotish jarayoni amalda to‘xtaydi.
Qish mavsumida ishlatiladigan qorishmalarning markasi yozdagiga nisbatan bir daraja yuqori olinadi (masalan, 75 o‘rniga 100 marka).
Sovuqqa chidamlilik. Qorishmaning sovuqqa chidamliligi 7,07x7,07x7,07sm namuna-kubiklarni standart usulda sinab topiladi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha qorishma markasini belgilashda namunalar mustahkamligining 25% gacha va massasining 5% gacha pasayishi ruxsat etiladi.
Tashqi devor g‘ishti, toshini terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar /10, /15, /25, /35, /50 markadagi sovuqqa chidamlilikga ega bo‘lishi kerak. Muhit namligi yuqori bo‘lsa, qorishma sovuqqa chidamliligi /100, /150, /200 va /300 markalarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qorishmalarning sovuqqa chidamliligi mineral bog‘lovchining turiga, suvsement nisbatiga, qo‘shimchalarga va qotish sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin