Elektr o‘tkazuvchanlik. SHishaning elektr o‘tkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 1010-1011 Om.sm, teshib o‘tish kuchlanishi 450 kVsm2 tashkil qiladi.
Texnologik xususiyatlari. SHishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, shliflash, polirovkalash shular jumlasidandir. SHishani 800-10000S haroratda list, nay, tola sifatida cho‘zib olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik buyumlari va qismlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tug‘ildi.
4. SHishaning turlari Taxta oyna. Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi, armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to‘sishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi muhitdan izolyasiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr kvadrat oynaning massasi 2-5 kg bo‘ladi. SHisha taxtaning nur o‘tkazuvchanligi 87% kam bo‘lmasligi, shaffof bo‘lishi talab etiladi. U rangsiz bo‘lib, ba’zi xollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo‘l-yo‘l chiziqlar, bo‘shliqlarning bo‘lishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni bezashda va izolyasiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo‘yi 6000 mm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur o‘tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug‘lik nurini mo‘‘tadil saqlashda zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo‘ladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash uskunalari yordamida nikelxrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo‘ladi. Metall qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, Interkontinental mehmonxonasi va x.k.) va boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, bino va inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona ichi ko‘rinmasligi uchun deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi. Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po‘lat to‘r bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-6500S haroratda qizdirib va astasekin sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, bor, kadmiy va seziy oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostansiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Ko‘p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va oraliq (amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham sochilib ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari bo‘ladi. Bu oyna turi 2000S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta kam bo‘ladi (2-4.10-60S).
Bezash oynasi.Bezash oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi. Bezash oynasi rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak.
Bezash panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan qalin oyna (6 mm) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi surtilib olinadi. Stemalit jamoat binolari-mehmonxonalar, vazirliklar, ekspomarkazlar va sh.k. larni bezashda ishlatiladi.
Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni polirovkalangan va ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi. Marbilit binolarni ichki va tashqi tomondan bezashda, deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi.
Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi 3-5 mm qilib chiqindi oynadan shisha emali qoplab tayyorlanadi. Emallangan oyna quritilgach xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.
SHisha mozaika gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam mozaika 20x20 mm yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. Smalt rangli shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda ishlatiladi. Gilam mozaika va smalt qurilish-me’morchilikda pannolar, suratlar barpo etishda qo‘llaniladi.
Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm qalinlikdagi oynaning bir tomoniga yupqa alyuminiy yoki kumush qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu oyna binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.