Ma’ruzalar matni


SHlakli portlandsement (SHPS)



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə64/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

SHlakli portlandsement (SHPS) klinker bilan donali domna yoki elektrotermofosfor shlakiga gips qo‘shib maydalab tuyib olinadi. SHlakli portlandsement tarkibida domna shlaki 20-80% (sement massasiga nisbatan) atrofida bo‘ladi. SHlak o‘rniga 10% gacha aktiv mineral qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin. Domna shlakining oksid tarkibi (%): 3050 SaO; 28-30 SiO2; 8-24 Al2O3; 1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95% atrofida bo‘ladi.
SHlakning gidravlik aktivligi sifat koeffitsienti bilan aniqlanadi:
%CaO%MgO%Al2O3 K  %SiO2 %TiO2
Sifat koeffitsientiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi. SHlaklar ham putssolan qo‘shimchalar kabi kalsiy ishqori bilan kichik asosdagi gidrosilikatlarni (SaO.SiO2.2,5H2O) va gidroalyuminatlarni (2SaO.Al2O3.8H2O) hosil qiladi. SHPS gidratatsiyasi davrida issiqlikning kam ajrab chiqishi ular asosida massiv temir beton konstruksiyalar tayyorlashda asqotadi.
Bu turdagi sementning putssolanli sementlarga nisbatan suvga extiyoji kamroq bo‘lib, atmosferaga va sovuqqa chidamligi yuqoridir. Ammo SHPS birinchi sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa, past haroratli muhitda. SHlakli portlandsement 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Tez qotuvchan shlakli portlandsement o‘ta mayda tuyulishi hisobiga bunday samaraga ega bo‘lib, 3 sut 50% markadagi mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bu sement turi issiqlik bilan qayta ishlanadigan temirbeton konstruksiyalar olishda, shu jumladan katta o‘lchamli uysozlik panellari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Gipssementputssolan bog‘lovchilar (GSPV) gips (50-75%), sement (15-
25%) va aktiv mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bu bog‘lovchida gips boshlang‘ich mustahkamlikni, sement keyinchalik mustahkamlikni, aktiv mineral qo‘shimchalar esa qotgan bog‘lovchiga turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘taydi. GSPV gidravlik bog‘lovchi bo‘lib, devorbop panellar, sanitariya-texnika kabinalari, boshqa buyum va qismlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin