Ma’ruzalar matni


-rasm. Toshkent shahrida monolit qurilgan Banklar assotsiatsiyasi binosi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə101/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

16.9-rasm. Toshkent shahrida monolit qurilgan Banklar assotsiatsiyasi binosi

O‘zbekistonda, xususan Toshkent shahrida ko‘plab zamonaviy binolar monolit betonlash usulida qurilmoqda. Interkontinental, SHeraton mehmonxonalari, Biznes markazi, Banklar assotsiatsiyasi administrativ binolar qurilishi shular jumlasidandir (9-rasm).


Nazariy savollar


  1. Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.

  2. Betonlarni klassifikatsiyalab bering.

  3. Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.

  4. Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.

  5. Betonning asosiy xossalarini aytib bering.

  6. Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.

  7. Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?

  8. Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?

  9. Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.

  10. Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?

  11. Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.

  12. Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.

  13. YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.

  14. Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.

14-MAVZU


QURILISH QORISHMALARINING ASOSIY XOSSALARI



Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Qurilish qorishmalari uchun materiallar.

  3. Qurilish qorishmalarining xossalari.

1. Umumiy ma’lumotlar
Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo‘lib, mineral bog‘lovchi modda, suv, mayda to‘ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi qo‘shimchalardan iborat aralashmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va uning turlari, havoyi va gidravlik ohak, qurilish gipsi va sh.k. ishlatiladi. Qorishma xossalarini yaxshilovchi komponent sifatida mineral aktiv kukunlar va polimer sirtaktiv moddalar ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir-necha ming yillarga tengdir. Xususan O‘zbekiston xududidagi arxitektura yodgorliklarini barpo etishda tarkibi aktiv mineral kukunlar va tabiiy organik moddalar bilan mukammallashtirilgan qurilish qorishmalari ishlatilgan. Bu bino va inshootlarning poydevor qismi qurilishida ishlatilgan suvga chidamli “qir” qorishmalari ohak bog‘lovchisiga o‘simliklar kuli va tabiiy yog‘liq komponentlarni qo‘shib tayyorlangani tarixiy manbalardan ma’lum.
Qurilish qorishmalari bog‘lovchi moddaning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatilish sohasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, gipsli va aralash bog‘lovchili (sement-ohakli, sement-giltuproqli, ohakgipsli va .sh.k.) qorishmalarga bo‘linadi. Qorishma bitta bog‘lovchi asosida bo‘lsa oddiy, bir-necha bog‘lovchidan iborat bo‘lsa murakkab qorishma deb ataladi.
O‘rtacha zichligiga ko‘ra qurilish qorishmalari og‘ir qorishmalarga
(m>1500 kgm3) va engil qorishmalarga (m<1500 kgm3) bo‘linadi.
Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari asosida, engil qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va boshqa engil toshlarning qumi asosida tayyorlanadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, poydevor, yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan terish; g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar va boshqa konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin