Ma’ruzalar matni


Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə19/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

3 Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish

3.1 Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari


Magmatik tog‘ jinslar. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil bo‘lishi, ularni zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi.
Granit-kvars (25-30%), dala shpati (ortoklaz, 35-40%) va slyudadan (510%) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir-qizil, sariq ranglarda bo‘ladi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi-120-250 MPa. U mo‘rt material bo‘lgani uchun zarbiy ta’sirlardan saqlash kerak.
Granitning g‘ovakligi 1,5% atrofida bo‘lib, suv shimuvchanligi juda kichik (0,5% hajm bo‘yicha).
Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va edirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli minerallardan (10-20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa, sienit kvarsli sienit deb yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi.
Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat. Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va edirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. SHu sababli koshinlashda, yo‘l qoplamalarida va xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) minerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 200-300 MPa.
Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun xaykaltaroshlikda, koshinlashda ishlatiladi.
Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin