Ma’ruzalar matni


Sanitariya-texnika buyumlari



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə39/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Sanitariya-texnika buyumlari-umivalnik, unitaz, bide, rakovina, pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni, fayans va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xom ashyosini kaolin, oq gil, dala shpati, kvars-qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi va pishiriladi. Buyumlar gips qoliplari quyma usulda olinadi.
Kanalizatsiya va drenaj quvurlari oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi.
Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000-1500mm, ichki diametri 150600 mm bo‘ladi. Bir tomoni quvurlarni biriktirish maqsadida rastrub holda yasaladi. Quvur suv shimuvchanligi 8% kam bo‘lishi, kislotaga bardoshligi 93%, suv o‘tkazmasligi shart.
Drenaj quvurlar oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi va botqoq va sho‘rlangan erlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 mm gacha, ichki diametri 50-250 mm bo‘ladi.
Klinkerli g‘isht gillarni to‘la pishirib olinadi. O‘lchamlari 220x110x65 mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga-1000,700 va 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6%, sovuqqa chidamligi 50-100 sikl bo‘ladi. Klinkerli g‘isht yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kanalizatsiya kollektorlarini qoplashda, suv inshootlari qirg‘oqlarini mustahkamlashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli g‘isht oliy va birinchi kategoriyalarda A, B va V klasslarda tayyorlanadi. G‘isht shakl jixatidan to‘g‘ri burchakli, ponasimon, radial va fason turlariga bo‘linadi. G‘ishtning o‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55 mm.
G‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96-98,5% va termik bardoshligi 5-25 marta issiqlik almashish sikli. G‘isht qurilish konstruksiyalari va apparatlarni kislota muhitidan himoyalashda, gaz yo‘llariga qoplash, pol va tarnovlarga yotqizish uchun ishlatiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin