Ma’ruzalar matni


- MAVZU. SHisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə42/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

4- MAVZU.
SHisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari.


Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. SHisha ishlab chiqarish

  3. SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari

  4. SHishaning turlari

  5. SHisha buyumlar va konstruksiyalar

  6. SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar

  7. Sitallar va ular asosidagi buyumlar


  1. Umumiy ma’lumotlar

SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. O‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko‘paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan CHirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
SHisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi: kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.

  1. SHisha ishlab chiqarish

SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na2Si03). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli shisha 15000S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-9000S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-12000S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. SHisha massasidagi havo aralashmalari 15000S chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-3000S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO2, Al2O3, ZrO2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. SHisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO2-64-73; Al2O3-0,5-7,2; K2O-0-5; Na2O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe2O3-0-0,4; SO3-0-0,5; V2O3-0-5.
SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al2O3) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi tarkibiga B2O3 qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. SHisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin