Nazorat savollari SHisha xom ashyosi nimalardan tashkil topgan?
SHisha qanday olinadi?
SHishaning asosiy xossalarini aytib bering?
Qanday shisha turlarini bilasiz?
Quyma shlak tosh buyumlari turlarini aytib bering.
Sitallning tuzilishi va xossalarini aytib bering.
5-MAVZU MINERAL BOG‘LOVCHI MODDALARNING ASOSIY XOSSALARI QURILISH OHAGI HAVOIY BOG’LOVCHILAR QURILISH VA YUQORI MUSTAHKAMLILIKGA EGA GIPSLAR
Reja: Umumiy ma’lumotlar.
Havoyi bog‘lovchilar
1. Umumiy ma’lumotlar Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va gidravlik bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar qotish jarayoni, mustahkamligining o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga havoyi ohak, gips, magnezial bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv yoki o‘ta nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik bog‘lovchilar jumlasiga gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning turlari, giltuproqli sement, putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan va kengayuvchan sement va boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda toshko‘mir kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton va temirbeton buyum va konstruksiyalar, armotsement konstruksiyalar, avtoklav buyumlar, elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.