2. Beton tayyorlash uchun materiallar Betonning mexanik, deformativ, gidrofizik, termofizik xossalari uni tashkil etuvchi komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo‘ladi.
Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli va putssolanli sementlar, giltuproqli sement va boshqa sement turlari ishlatilishi mumkin.
Sementning markasi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:
Beton markasi
M150
M200
M250
M300
M350
M400
M450
M500
M600 va
yuqor
i
Sement markasi
M300
M300 M400
M400
M400 M500
M400 M500
M550 M600
M550 M600
M600
M600
Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori bo‘lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo‘shilishi kerak. YUqori aktivlikdagi sement tarkibiga diatomit, trepel, opoka, gliej kabi tabiiy, domna va yoqilg‘i shlaklari, kullar va sh.k. sanoat chiqindilari qo‘shilib, sementni tejash mumkin.
Betonni ishlatish iqlim sharoitiga qarab past yoki yuqori ekzotermikli sementlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.