.
1. Betonning mustahkamligi Betonning mustahkamligi bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning sifatiga va hosil bo‘lgan kompozitsion materialning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, beton qanchalik zich strukturaga ega bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bog‘lovchining sifati sementning markasi (Rs), mayda va yirik to‘ldirgichlarning sifati A koeffitsienti, g‘ovakligi esa suv-sement
nisbati (ss) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S W S P 100%,
1000
bu erda: S va S suv va sementning 1 m3 (1000l) beton uchun sarfi, W-
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton qotishining 28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni, sement sarfi va zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish orqali ifodalash mumkin (6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton mustahkamligining fizik mohiyatini bildiradi va beton tarkibini tanlashda qanday omillarga ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi.
CHizmaning a-sohasidagi qismi beton qorishmasining etarli darajada zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi, bsoha qismi esa beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani, beton qorishmasi yaxshi zichlashib mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik suvning miqdori oshib borishi (v va g-sohalar) beton mustahkamligining kamayishiga olib keladi, chunki ortiqcha miqdorda kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik hosil qiladi.