Ma’ruzalar matni


-rasm. Portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al asosidagi og‘ir betonning suv sarfi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə76/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

12.4-rasm. Portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al asosidagi og‘ir betonning suv sarfi
a) harakatchan qorishmalar; b) bikr qorishmalar; shag‘al fraksiyalarining eng yirigi; 1-70 mm; 2-40 mm; 3-20 mm; 4-10 mm.
Sement, suv, mayda to‘ldirgichlardan tashkil topgan sementli qorishma yirik to‘ldirgichlarning oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Ammo bu jarayon ideal ravishda bo‘lmay, yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochishiga olib keladi. Odatda donalarning bir-biridan qochishi  koeffitsienti bilan belgilangan bo‘lib, doimo 1 dan katta bo‘ladi. Harakatchan beton qorishmalarida yirik to‘ldirgich donalari bikr qorishmalarga nisbatan kamroq bir-biridan qochadi va  koeffitsienti mutanosib ravishda bikr betonlarda minimumga intiladi.
Oddiy og‘ir beton qorishmasining namunaviy strukturasi 12.5-rasmda keltirilgan.

12.5-rasm. Beton qorishmasi strukturasi
a) bikr; b) harakatchan.
Yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti  bikr qorishmalarda 1,05-1,15 va harakatchan qorishmalarda 1,2-1,5 ga teng bo‘ladi. Yirik to‘ldirgich donalarini bir-biridan qochishi haddan ziyod bo‘lsa, sement qorishmasi sarfi ko‘payadi, betonning fizik-mexanik va deformativ xususiyatlari yomonlashadi.
Beton qorishmasi harakatchanligini sement va suv sarfini oshirish hisobiga ko‘paytirish betonning zichligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun beton qorishmasining harakatchanligini oshirish maqsadida uning tarkibiga turli plastifikatorlar kiritish mumkin.
Beton qorishmasini plastifikatsiyalash uchun tarkibiga kimyoviy moddalar-gidrofillashtiruvchi (lignosulfonatlar), gidrofoblashtiruvchi (milonaft, asidol va boshqalar), difil, ya’ni ham gidrofoblik ham gidrofillik xususiyatlari beruvchi sintetik yog‘li kislotalar, mikroko‘pik hosil qiluvchi (ishqoriy yog‘och peki) va boshqa kompleks qo‘shimchalar qo‘shish tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash maqsadida o‘ta samarali superplastifikatorlar quyidagi polimerlar asosida tayyorlanadi: melamin smolasi hosilasi yoki naftalin sulfokislotalar (S3); lignosulfonatlar va kaprolaktam chiqindilari asosidagi moddalar va boshqalar. Superplastifikatorlar beton qorishmasiga 0,15-1,2 % sement miqdoriga nisbatan qorishma tayyorlanayotgan jarayonda qo‘shiladi.
Beton qorishmasi tarkibiga plastifikatorlar qo‘shish uni tayyorlash texnologiyasini va qorishmani qoliplarga joylashtirishni osonlashtiradi. Plastifikatorlarning beton qorishmasidagi ta’sir kuchi 1-1,5 soat saqlanadi.
Beton qorishmasidagi ishqoriy muhitda plastifikatorlar beton uchun zararsiz moddalarga aylanadi va keyinchalik undan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning ekspluatatsion xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, beton tarkibiga kiritilgan gidrofob va difil plastifikatorlarning gidrofob effekti, ya’ni o‘ziga suvni yuqtirmaslik xususiyati, uzoq yillar saqlanar ekan. Odatda bunday betonlar atmosfera muhitiga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Superplastifikatorlar qo‘shilgan beton qorishmalarini betonnasoslar va quvurli transport vositasida uzatish va qoliplarga zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan, quyma usulda qoliplash mumkin.
Bundan tashqari beton qorishmasini plastifikatsiyalash suv-sement nisbatini kamaytirish, natijada betonning zichligi va mustahkamligini oshishiga olib keladi. Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash va suv ushlashlik hossasini yaxshilash maqsadida gelpolimerlar (gidrosorslar) qo‘shilmoqda. 1 g gelpolimerlar 50-100, hatto 1000 ml suvni o‘ziga vaqtincha bog‘lay oladi. Suvga to‘yingan gelpolimer bir necha kun davomida suvning bir qismini yo‘qotadi. Suvning qolgan qismi esa, vaqt o‘tishi bilan sement gidrotatsiyasi jarayonini suv bilan ta’minlaydigan ichki mikro suv “havzalari” vazifasini o‘taydi.
Beton qorishmasi tayyorlanganda, dastlabki soatlarda (kunlarda) suvni yo‘qotishni oldini olish tadbiri betondan tayyorlangan beton va temirbeton konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishini, mustahkamlikni pasayishini keskin kamaytiradi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin