Ma’ruzalar matni


-rasm. Elektromexanik titratkichlar



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə84/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

14.5-rasm. Elektromexanik titratkichlar
a) yuzaki titratkich; b)-titratkich-bulava; v)-egiluvchan valli chuqurlik titratkichi.
Titratkichlar konstruktiv jixatdan yuzaki va chuqurlik titratkichlariga bo‘linadi. Titratkichlarning turi qoliplanayotgan temirbeton konstruksiyaning shakli, turi, o‘lchamlariga qarab tanlanadi.
Yig‘ma temirbeton zavodlarida bikr beton qorishmalari past chastota (25-30 Gs) va 0,7mm amplitudada ishlaydigan rezonansli qo‘zg‘almas titratkich maydonlarida samarali zichlashtiriladi.
Harakatchan va mayda donali beton qorishmalarini zichlashtirishda amplituda 0,15-0,4 mm kamaytiriladi, tebranish chastotasi esa 50-150 Gs gacha oshiriladi. Titratish muddati beton qorishmasining qulay joylanuvchanligiga, konstruksiyaning turi, shakli, qalinligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, odatda bir-necha minutni tashkil etadi.
Monolit quyulgan beton qoliplar, plitalar va boshqa yupqa konstruksiyalar tashqi titratkichlar vositasida zichlashtiriladi. Bunday titratkichlar ta’sir kuchi 20-25 sm bo‘lishi mumkin. Tashqi titratkichlar beton yuzasida muayyan bir sxemaga nisbatan harakatga keltiriladi va bir joydan ikkinchi joyga orada titratkich yurmagan joy qoldirilmasdan ko‘chiriladi.
Yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va qurilish maydonlarida monolit konstruksiyalarni quyishda beton qorishmasi chuqur titratkichlar vositasida zichlashtiriladi. Ichki titratkich beton qorishmasi ichida muayyan sxema asosida harakatlantirilib, qatlam-qatlam zichlashtiriladi. Ichki titratkich bilan beton qorishmasi zichlashtirilganda beton yuzasida suvhavo aralashmasining hosil bo‘lishi va betonning o‘sha sohada cho‘kishining to‘xtashi ushbu jarayonning meyoriga etganidan darak beradi.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan biri ozgina yuk ostida titratish usulidir. Bikr beton qorishmalari, yupqa konstruksiyalar, engil beton qorishmalari 0,05-0,15 MPa bosim hosil qiluvchi yuk ostida titratish usulida zichlashtiriladi.
Murakkab shakldagi konstruksiyalar-zinapoya, qobirg‘ali plitalar va boshqalar titratish-shtamplash usulida zichlashtiriladi. Bu usulda avval qolipga beton qorishmasi quyiladi, so‘ngra ichiga titratkich o‘rnatilgan shtamp tushiriladi va qorishma zichlashtiriladi.
Quvursimon konstruksiyalar (quvurlar, elektr uzatish liniyalari tayanchlari, machtalar va boshq.) aylanma qoliplarda-sentrifugalarda zichlashtiriladi. Bunda qolip 400-900 martamin aylantirilganda
markazdan qochuvchi kuch hisobiga beton qorishmasi zichlashadi. Hosil bo‘lgan zichlashtiruvchi kuch hisobiga beton 20-30% suvni yo‘qotadi va konstruksiyaning tashqi qismida o‘ta zichlashgan qatlam paydo bo‘ladi. Beton qorishmasini zichlashtirishning boshqa kombinatsiyalashgan usullari konstruksiyaning turiga qarab tanlanishi mumkin.

Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari


Qoliplangan betonning mustahkamligi vaqt davomida asta-sekinlik bilan oshib boradi. Ma’lumki, betonning qotishi sementning gidratatsiya jarayoni tezligi, atrof-muhit harorati va nisbiy namligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy sharoitda normal muhitda beton markadagi mustahkamlikka 28 sut davomida erishadi. Beton qotishi uchun normal muhit sharoiti- harorat 200S±2 va nisbiy namlik 90-100% bo‘lishi kerak.
Betonning 28 sut keyingi mustahkamligi undan tayyorlangan beton va temirbeton konstruksiyalarning ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Agar beton nisbatan normal sharoitga yaqin muhitda ishlatilsa, uning mustahkamligi bir necha yil, hatto o‘n yillar davomida oshib borishi mumkin. Normal sharoitda ishlangan betonning bir yildan keyingi mustahkamligi markadagiga nisbatan 75% ortishi mumkin. Sement gidratatsiya jarayoni normal sharoitda nazariy jihatdan vaqt davomida to‘xtamasligini hisobga olsak beton mustahkamligi ham vaqt o‘tishi bilan davom etadigan jarayon ekanligi tushunarli bo‘ladi.
Normal sharoitning buzilishi, ya’ni haroratning va nisbiy namlikning optimal ko‘rsatkichdan o‘zgarishi beton mustahkamligining oshmasligiga, hatto kamayishiga olib keladi.
Umuman, bino va inshootlarning asosiy qismlarida ishlatiladigan beton va temirbeton konstruksiyalar betoni markadagi mustahkamlikka erishsa kifoyadir.
Beton tabiiy holatda monolit quyilganda qotadi. Zavodda temirbeton konstruksiyalar markadagi mustahkamlikning 70%ga 7 sut. davomida erishishini hisobga olsak, bu omil beton quyish sexlarini juda katta xududlarni egallashini tushunamiz. Yig‘ma temirbeton ishlab chiqarishda betonga issiqlik bilan qayta ishlov berib qotishini tezlashtirish keng tarqalgan. Betonga issiqlik turli usullar bilan ta’sir ettirilishi mumkin, chunonchi 80-850S haroratli suv-bug‘ aralashmasi yoki 1000S haroratli to‘yintirilgan bug‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyumga yuborilishi, bug‘, elektr toki, o‘ta yuqori chastotali tok va boshqa isitish man’balari vositasida betonni kontakt (bilvosita) usulida qizdirish mumkin. Suv-bug‘ aralashmasi bilan beton qizdirilganda qotish vaqtida nisbiy namlik saqlanadi va sement gidratatsiyasi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Betonning qotishini tezlatish usullaridan ba’zilarini izohlab o‘tamiz.
Betonni bug‘lash davriy va uzluksiz ishlaydigan kameralarda amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan kameralarda beton qolip yoki poddonlarda joylashadi, qopqog‘i yopilgach, atrofiga suv quyilib bug‘ning kameradan chiqib ketishi bartaraf etiladi. Kameraga bug‘ yuboriladi va asta-sekinlik bilan harorat 80-1000S gacha etkaziladi. Beton etkazilgan haroratda 4-12 soat davomida ushlab turiladi, so‘ng asta-sekin harorat pasaytiriladi. Har bir turdagi beton buyum va konstruksiya uchun bug‘lash rejimi tajriba natijalari bilan aniqlanadi.
Bug‘lash rejimida haroratni asta-sekinlik bilan ko‘tarish va pasaytirish betondan hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish natijasida yoriqlar paydo bo‘lishini ogohlantiradi. Betonni bug‘lash rejimi sementning kimyoviy-mineralogik tarkibi va betonning turiga va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Bug‘langan betonning mustahkamligi markadagiga nisbatan 65-75% tashkil etadi.
Betonni issiqlik bilan uzluksiz qayta ishlaydigan kameralar gorizontal (tunnelli) va vertikal bo‘lishi mumkin. Tunnelli kamerada qoliplangan beton maxsus vagonetkalarda harakatga keltiriladi.
Harakatlanayotgan vagonetkalarga qarama-qarshi yo‘nalishda bug‘ yuboriladi va beton asta-sekin qiziydi, nominal haroratda ushlab turiladi va sovitiladi. Beton buyumlar vertikal isitish kamerasida maxsus moslamalar yordamida bir tomondan ko‘tarilib, ikkinchi tomondan tushirib turiladi.
Kameraning yuqori qismiga bug‘ yuborilib harorat nominal darajada ushlab turiladi.
Beton qotishini bug‘lash usulida 7-8 marta tezlashtirish mumkin.
Betonni elektrotermik usulda 50 Gs o‘zgaruvchan, 380 V kuchlanishli tokda 80-900S haroratgacha qizdirish yaxshi samara beradi. Betonga elektr toki yuzaki yoki ichki elektrodlar yordamida yuboriladi. Tok yordamida beton qorishmasini 5-10 minut davomida nominal haroratgacha qizdirib, so‘ngra qoliplash ham yuqori natija beradi. Avvaldan qizdirilgan betonda sementning gidratatsiya jarayoni tezlashadi va beton intensiv qota boshlaydi.
Betonni nurli energiya manbai bo‘lgan o‘ta yuqori chastotali tok, infraqizil nurlar bilan qizdirib qotishini tezlashtirish mumkin. Nurli energiya usulida yupqa, keng yuzali beton va temirbeton konstruksiyalar qotishini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Beton qotishini oz miqdorda kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shib tezlashtirish mumkin. Kimyoviy qo‘shimcha sifatida xlorli natriy va xlorli kalsiy, natriy nitrati, kalsiy nitrit-nitrati, kalsiylashtirilgan soda, suyuq shisha, karbamid va boshqalar ishlatiladi. Xlorli tuzlar beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 1-2% qo‘shiladi, ular miqdorining oshishi konstruksiyaning metall armaturasi emirilishiga olib keladi. Kimyoviy qo‘shimchalar betonning boshlang‘ich davridagi (3sut) mustahkamligini oshirishi mumkin, keyinchalik 28 sut. mustahkamligi qo‘shimchasiz beton singari bo‘ladi.
Beton qorishmasiga kimyoviy qo‘shimchalarni kiritish tarkibidagi suvning muzlash haroratini pasaytiradi va minus haroratda ham beton qotishiga imkoniyat yaratadi.
Quyosh nuri energiyasidan foydalanib (geliotermoishlov) betonning qotishini tezlashtirish usuli quruq issiq iqlim sharoitida keng tarqalgan. Bu usulda monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalar qotishini tezlashtirish mumkin. Quyosh nuri energiyasini beton buyumlar ustida to‘plash uchun uning ustki qismi polietilen, polipropilen va boshqa polimer plenkalar bilan o‘rab qo‘yiladi; buyum va plenka orasidagi masofa 10-15 sm bo‘lishi kerak. Quyosh nuri energiyasidan unumli foydalanish maqsadida buyumlar nur tik tushadigan holatda o‘rnatilishi yoki nurga qarab burish imkoni bo‘lgan qoliplarga quyilishi mumkin.
Geliotermoishlashda bir kunduz davomida, betonning harorati yilning davriga qarab, 45-850S atrofida bo‘ladi, beton esa markadagi mustahkamlikning 50-70% erishishi mumkin.
Yil davomida bulutli kunlar ham bo‘lishini hisobga olib quyosh nuri energiyasi bilan birga boshqa usullarni ham birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Monolit quyilgan beton birinchi kunlarda maxsus parvarishga muxtoj bo‘ladi. CHunki harorat va nisbiy namlikning meyordan o‘zgarishi betondagi ichki zo‘riqishlar natijasida hosil bo‘lgan yoriqlarni keltirib chiqaradi. Quruq issiq iqlim sharoitida beton yuzasi rulonli materiallar (polietilen va polipropilen plenkalar, brizent, chipta va boshq.), sochiluvchi materiallar (qum, qipiq, giltuproq va boshqalar) va yupqa plenka hosil qiluvchi polimerlar (lak-etinol, gossipol smolasi eritmalari, suvda eriydigan polimerlar, gelpolimerlar) suvni bug‘lanishini oldini olish maqsadida foydalaniladi.
Beton tarkibida namlikni saqlashning zamonaviy samarali usuli qorishmaga sement massasiga nisbatan 0,1-0,5% gelpolimerlarni qo‘shish usulidir. Gelpolimerlar betonda suvni mikrostruktura darajasida ushlab turish qobiliyatiga ega.
Monolit beton sovuq sharoitda quyilganda yuzasi issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan vaqtincha yopib qo‘yilishi shart. Maxsus materiallar asosida monolit beton konstruksiyalarni dastlabki kunlarda o‘rab qo‘yish betonning normal qotishini ta’minlaydi. Sovuq kunlarda betonni “termos” tipidagi qoliplarga quyish maqsadga muvofiq bo‘lib, termosning oraliq bo‘shlig‘iga issiq havo, bug‘ yuborish imkoniyati bo‘ladi.
Qotgan betonning sifatini buzib va buzmasdan sinash usullarida aniqlash mumkin. Betonning mustahkamligini beton qorishmasidan muntazam ravishda namuna olib maxsus kublar tayyorlanadi va ularni 7 va 28 sut sinab aniqlanadi. Kub namunalari yig‘ma va monolit beton qotishi sharoitlarida qotishi kerak.
Betonning mustahkamligini buzmasdan mexanik va fizik sinash usullari mavjud. Mexanik usulga I.A.Fidzelning “SHar bolg‘asi” va K.P.Kashkarovning “Etalon bolg‘asi” (Kashkarov bolg‘asi) misol bo‘ladi. Mexanik usul zarb berilganda beton yuzasida hosil qilingan chuqurcha kattaligi bilan ifodalanadi, chunki betonning mustahkamligi yuqori bo‘lsa chuqurcha kichik o‘lchamda hosil bo‘ladi. Fizik usullar betonga berilgan zarba to‘lqinlari va ultratovush impulslarining tarqalishiga asoslangan. Ultratovush portativ asboblari yordamida betonda bo‘ylama va ko‘ndalang ultratovush to‘lqinlari tarqalishini aniqlash mumkin. Beton zich va mustahkam bo‘lsa, ultratovush to‘lqinlari tarqalish tezligi yuqori bo‘ladi. Betonning mustahkamligi “ultratovush tezligi-mustahkamlik” nomogrammasi yordamida o‘rtacha 10% xatolik bilan aniqlanishi mumkin. Ultratovush defektoskopi yordamida betondagi darzlar, g‘ovaklar, bo‘shliqlar aniqlanadi.
Hozirgi kunda lazer nuri tarqatuvchi asboblar yordamida betonning zichligi, defektlari, namligi va boshqa xususiyatlarini o‘ta tezkorlik bilan aniqlash mumkin.

Og‘ir betonning ishlatilishi


Og‘ir beton asosan temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan og‘ir beton quyidagi loyixa markalarga bo‘linadi: M50, M75, M100, M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M500, M600, M700 va M800. YUqori markadagi betonlar (M500-M800) armaturasi avvaldan taranglangan konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir beton asosida tayyorlangan armaturasi avvaldan taranglangan temirbetonning kirishishi va yuk ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.
O‘ta yuqori markadagi betonlar M600-M1000 yuqori markadagi portlandsement, yuqori sifatli to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi, SS0,27-0,45 bo‘ladi. YUqori markadagi betonlar majburiy
aralashtiradigan betonqorgichlarda tayyorlanadi, kombinatsiyalashgan usullarda (yuk ostida titratish, titratish-presslash va boshqalar) zichlashtiriladi.
YUqori markadagi betonlarni ishlatish konstruksiyaning ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini kamaytiradi, armaturani 10-12% tejaydi, boshlang‘ich sutkalarda normal sharoitda mustahkamligi tez o‘sgani uchun termoishlov berishga zarurat bo‘lmasligi mumkin.
Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi quyidagicha (kgm3): 10, 15, 20, 25, 30,35, 40. Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligining yuqoriligi yo‘l va aerodrom qoplamalari, gidrotexnik beton va boshqa maxsus beton turlarini olishda muhim ahamiyatga egadir. Og‘ir beton yuqori darajada edirilishga, radioaktiv nurlarga, biologik muhitlarga, sovuqqa va harorat ta’siriga bardoshli bo‘ladi. Bu maxsus xossalari og‘ir betondan maxsus temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda foydalaniladi.
Mayda donali beton yupqa va armotsement konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Mayda donali beton tarkibida yirik to‘ldirgich bo‘lmasligi sababli sementning miqdori ko‘payadi, shu sababli kirishishi va yukdan vaqt bo‘yicha deformatsiyalanishi yuqori bo‘ladi. Mayda donali betonlar engil va mustahkam qobig‘li yopma temirbeton konstruksiyalar, konstruksiyalarni kuchaytirishda torkret tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin