Ma’ruzalar matni


-rasm. Kirishish chizmasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə80/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

14.4-rasm. Kirishish chizmasi


1-sement toshi; 2-qorishma; 3-beton.
Bino va inshootlarning tashqi qismlariga, gidrotexnik inshootlarga, avtomobil yo‘llarga, aerodrom qoplamalariga va boshqalarga ishlatilgan beton doimo suv bilan xo‘llanib va qurib turadi. Betonda namlikning ko‘payishi va kamayishi kirishish va shishib ketishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Hosil bo‘lgan ichki zo‘riqishlar betonda mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada konstruksiyalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Betonni namlanishdan himoyalash uchun gidroizolyasiya vositalari ishlatiladi.
3. Betonning gidrofizik xossalari
Suv shimuvchanlik. Beton qorishmasi tayyorlanayotganda aralashtirilgan suvning bir qismi bug‘lanishi, havo pufakchalarining to‘la chiqib ketmasligi natijasida betonda g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massasiga nisbatan 2-3% bo‘ladi. Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va mustahkamligi kamayishi mumkin. Ayniqsa bunday holat g‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlar va yacheykali betonlarda ko‘proq kuzatiladi.
Betonning suv va boshqa agressiv qorishmalarni shimuvchanligi zichligidan kelib chiqib, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv muhitlarga bardoshliligini belgilaydi.
Suv o‘tkazmaslik. Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgssm2) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmaslik balandligi va diametri 15 sm bo‘lgan beton namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga, ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam, mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa suv o‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usulda zichligini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimchalar (natriyli alyuminat) kiritish mumkin. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o‘rniga kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish ham betonning suv o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv o‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti filtrlanishi mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, rezervuarlarda va boshqalarda qo‘yiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin