Ko‘pikbeton va ko‘piksilikat. Ko‘pikbeton alohida tayyorlangan sement qorishmasi va ko‘pikni maxsus qorgichlarda aralashtirib olinadi. Qorishma portlandsement va uning turlari, havoyi ohak va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin.
Kukun to‘ldirgich sifatida tarkibida kremnezem bo‘lgan minerallar (kvars qumi, shlaklar, kullar va sh.k) ishlatilishi mumkin. Ko‘pik hosil qiluvchi komponent sifatida elimkanifol, saponin smolasi, alyumosulfonaftenli va turli sintetik moddalar ishlatiladi. Ko‘pik turg‘unligini oshiruvchi sifatida hayvon elimlari, suyuq shisha, temir sulfati va boshqalar ishlatiladi.
Turg‘un ko‘pik kurakchali ko‘pik hosil qiluvchi apparatlar yoki markazdan qochma prinsipda ishlaydigan nasoslar vositasida suv bilan sirtaktiv moddalarni aralashtirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan ko‘pikbeton qoliplanadi va qotishini tezlashtirish uchun issiqlik bilan qayta ishlanadi. Qotish jarayonini kimyoviy usulda tezlashtirish maqsadida ko‘pikbeton tarkibiga kalsiy xlorid, potash va shu kabi moddalar kiritish tavsiya etiladi.
Ko‘piksilikat havoyi ohak va kremnezemli mineral kukunlar asosida tayyorlanadi va qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda qayta ishlanadi.
YAcheykali betonlarning xossalari. YAcheykali betonlarning o‘rtacha
zichligi 300...1200 kgm3, g‘ovakligi 60-85% bo‘ladi.
YAcheykali betonlar siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo‘linadi: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150.
Siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan V0,35...V12,5 klasslarda bo‘ladi.
YAcheykali betonlarning suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga chidamliligi, g‘ovaklikning strukturasiga va makrog‘ovaklar o‘rtasidagi devorlarning mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi.
YOpiq g‘ovakli yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda bo‘ladi: /15, /25, /35, /50, /75, /100. Tashqi devor panellarida ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi /15, /25 bo‘lsa kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali betonlarning sovuqqa chidamlilik markasi /50.../100 bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
YAcheykali betonlarning eng muxim xossalaridan biri issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘rtacha zichligi 600 kgm3 bo‘lgan yacheykali betonning quruq holatdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,14 Vt(m.0S), 8% namlikda bo‘lsa, 0,22 Vt(m.0S). YAcheykali betonlarni namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli izolyasiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan qoplanishi mumkin. Gazbeton va ko‘pikbeton tayyorlanayotganda gidrofoblik yoki difillik xususiyatiga ega bo‘lgan polimer qo‘shimchalarni oz miqdorda kiritish, kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish ularni namlanishdan saqlaydi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘zgarmasligini ta’minlaydi.
YAcheykali betonlarni vaqt o‘tishi bilan hajmiy kirishishi yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularning kirishishi zichligiga va qotish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash, ularda dastlabki yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantiradi.
O‘rtacha zichligi 700-800 kgm3 bo‘lgan yacheykali betonning, nisbiy namlik 7080%, harorat 200S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mmm tashkil etadi.
YAcheykali betonlar issiqlik izolyasiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyasiyasi yacheykali betonlari tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalarni ajratish pardadevorlar, turar joy va sanoat binolari tomlari va boshqa joylarda ishlatiladi.
Konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyorlashda, sanoat sovuqhonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi.
Gipsbeton
Gipsbeton qurilish gipsi va yuqori mustahkamlikdagi gips asosida tayyorlanadi. Gips tarkibiga sement va putssolan qo‘shimchalar kiritilib namlikka va suv muhitiga chidamli betonlar tayyorlanadi. Gipsbetonning o‘rtacha zichligini kamaytirish uchun g‘ovak to‘ldirgichlar (keramzit, agloporit, shlakli pemza va sh.k.) ishlatish, kvars qumini qisman engil qumlar yoki yog‘och qipig‘i, qayta ishlangan lignin va sh.k. bilan almashtirish mumkin. Gipsbetonning egilishdagi mustahkamligini oshirish uchun yog‘och tolasi, qog‘oz sanoati chiqindilari, tekstil chiqindilari va sintetik tolalar kabi dispers armaturalovchi qo‘shimchalar qo‘shish kerak.
Kichik o‘lchamdagi elementlar, bloklar, toshlar alohida quyiladi. Katta o‘lchamdagi buyumlar esa uzluksiz prinsipda ishlaydigan vibroprokat stanlarda tayyorlanadi. Gipsbeton tayyorlash jarayonini tezlashtirish uchun qolipdan echilgan buyumlar quritish kameralarida quritiladi.
Gipsbetonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgichlarning turiga va suvning
sarfiga bog‘liq bo‘lib, 1000-1600 kgm3 atrofida bo‘ladi.
Gipsbeton siqilishidagi mustahkamligiga ko‘ra M25 va M50 markalarda bo‘ladi. Gipsbeton asosan bino va inshootlarning ichki devorlarini qurishda ishlatilgani sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha talablar qo‘yilmaydi. Gipsbeton yaxlit va yig‘ma pardadevor ichi bo‘sh plitalar va bloklar tayyorlashda ishlatiladi.
Plitalar qamish, yog‘och tolalari va xascho‘plari, po‘lat simlar, tekstil sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytirilishi mumkin. Armatura sifatida po‘lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash maqsadida sement-kazeinli, bitumli, polimerli kompozitsiyalar bilan himoyalanishi kerak. Namlik bo‘lishi ehtimoli bor joylarda gipssementputssolanli bog‘lovchilar asosida tayyorlangan buyumlar (bloklar, toshlar, katta va kichik panellar) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday betonlar ishlatilgan bino va inshootlar ichidagi nisbiy namlik 75% oshmasligi kerak.
Qurilish tizimida gips asosidagi betonlarni ratsional sohada ishlatish keramik devorbop materiallarga bo‘lgan talabni kamaytiradi va katta miqdorda energiya va ishchi resurslarni tejaydi.
2. Betonning maxsus turlari
Gidrotexnik beton
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat daryo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, elektrostansiya, metallurgiya va kimyo sanoati aylanma suvlarini sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini ratsional tanlab, beton tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. Sement tarkibiga kiritilgan gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik ajratishini kamaytiradi. Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, difil qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik xossalarini yaxshilaydi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton M100-M400 markalarda bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada aniqlanadi.
Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari murakkab iqlim sharoitida ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam ajratishi zarur, aks holda massiv konstruksiyalarda harorat farqidan ichki zo‘riqish va natijada yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki qatlam betoni shlakli portlansement va putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa, issiqlik ajrab chiqishi keskin kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ichki qatlam uchun betonning markasi M100, M150 bo‘lsa kifoya, suv o‘tkazmasligi esa W2, W4 bo‘ladi.
Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari bo‘ladi. Gidrotexnik beton sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: /100, /150, /200, /300, /400, /500.
Betonning doimo suv muzlab-eriydigan qatlamlardagi suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5%, boshqa qatlamlar uchun esa 7% oshmasligi kerak.
Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 60%, harorati 180S bo‘lganda, 28 sut 0,3 mmm va 180 sut 0,7 mmm dan oshmasligi kerak. Suvli muhitda shishishi 28 sut-0,1 mmm, 180 sut-0,3 mmm dan oshmasligi shart.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni
Avtomobil yo‘llari va aerodrom qoplamalari murakkab atmosfera sharoitida ishlatiladi. Ular doimo yog‘in-sochin, muzlash va erish ta’sirida bo‘ladi. Quruq issiq iqlim sharoiti bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yo‘l betonlariga yuqori haroratdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish ham salbiy ta’sir etadi.
Avtomobil va havo kemalarining harakatidan hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanishlar, zarblar, ishqalanishlar, turli gazlar betonning emirilishini tezlashtiradi. SHu sababli yo‘l betonlariga zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi, edirilishga bardoshligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Yo‘l betonining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi M300-
M500, egilishdagi mustahkamligi 4-5,5 MPa bo‘lishi kerak. Betonning sovuqqa chidamliligi /150, /200 va yuqori bo‘lishi shart.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 500 markali portlandsement asosida tayyorlanadi. Ekspluatatsiya xossalarini yaxshilash uchun sement yoki beton tarkibiga gidrofob, difil moddalar va superplastifikatorlar kiritish mumkin.
Beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida tozalangan kvars qumlari, yirik to‘ldirgich sifatida esa granitsimon zich tog‘ jinslaridan chaqib saralangan chaqiq toshlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betonlari beton qorish sexlarida yoki avtobetonqorgichlarda sinchiklab qoriladi va maxsus beton quyish mashinalari yordamida quyiladi. Beton issiq-sovuqdan hosil bo‘ladigan deformatsiyalarni hisobga olib deformatsiya choklari qoldirilib quyilishi kerak. Beton quyilgach dastlabki kunlarda suvning bug‘lanishini keskin kamaytirish va qoplamaning ob-havo sharoitiga chidamliligini oshirish maqsadida uning yuzasi maxsus polimer materiallar (lak etinol, bitum va qatron emulsiyalari, suvda eriydigan polimerlar va sh.k) bilan himoyalanishi mumkin.
Olovbardosh beton
Beton yuqori harorat ta’sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi, kristallogidratlar va Sa(ON)2 parchalanadi, yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu holat betonning buzilishiga sabab bo‘ladi. YUqori haroratda erkin holda hosil bo‘lgan SaO biriktirish uchun beton tarkibiga nozik kukunlangan kremnezem SiO2 kiritiladi, natijada 700-9000S haroratda nCaO.SiO2 cingari qattiq minerallar hosil bo‘ladi.
Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar (pemza, shlak, shamot, kul va sh.k) qo‘shilgan portlandsement, shlakli portlandsement, giltuproqli sement va kremneftorli natriy qo‘shilgan suyuq shisha asosida tayyorlanadi.
Olovbardosh betonlar ishlatilish haroratiga nisbatan yuqori o‘tga chidamli (17700S yuqori), o‘tga chidamli (1580-17700S) va past o‘tga chidamli (15800S past) betonlarga bo‘linadi.
Mineral qo‘shimchali portlandsement va shlakli portlandsement asosida 7000S haroratgacha chidaydigan olovbardosh betonlar tayyorlash mumkin. Ekspluatatsiya harorati 10000S bo‘lganda va kislotali muhitlar ta’sir etishi ehtimoli bo‘lsa, suyuq shisha asosidagi olovbardosh betonlar ishlatish maqsadga muvofiq.
Giltuproqli sement asosidagi betonlar 15800S dan yuqori haroratga bardosh beradi. Olovbardosh betonlarni fosfatli va alyumofosfatli bog‘lovchilar asosida ham olish mumkin. Fosfatli bog‘lovchilar asosidagi betonlar 17000S gacha ishlatiladi, ular yuqori termik mustahkamlikka, olov ta’sirida kam miqdorda kirishish va edirilishga bardoshlik xususiyatiga ega.
Olovbardosh beton to‘ldiruvchilari yuqori haroratga va olovdan bir tekis kengayish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, aks holda tartibsiz ravishda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ishchi harorat 7000S gacha bo‘lganda kvarssiz vulkanik tog‘ jinslari (sienit, diorit, diabaz, gabbro) olovbardosh og‘ir betonlar olishda ishlatiladi. /ovak aynan shunday jinslar (pemza, vulqon tufi, kullar) engil olovbardosh betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Olovbardosh beton 700-9000S haroratda ishlatilsa, to‘ldirgich sifatida oddiy pishgan g‘isht maydasi va donador domna shlaklari ishlatilishi mumkin. YUqori haroratda 9000S yuqori ishlatiladigan olovbardosh betonga to‘ldirgich sifatida bo‘laklangan shamot, xromit rudasi, shamot, xrommagnezit kukunlari va boshqalar qo‘llaniladi.
Keramzit, perlit, vermikulit, vulqon tufi kabi g‘ovak to‘ldirgichlar asosida 700-10000S haroratda ishlatiladigan engil olovbardosh betonlar tayyorladi. Engil betonning o‘rtacha zichligi 2100 kgm3 yuqori bo‘lishi kerak. O‘rtacha zichligi 500-1200 kgm3 bo‘lgan yacheykali olovbardosh betonlar ham
tayyorlanishi mumkin.
Olovbardosh betonlar turiga ko‘ra M100-M250 markalarda bo‘ladi. Olovbardosh betonlar energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neft va gazni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.
Olovbardosh betonlardan sanoat pechlari ichki qoplamalari, domna va marten pechlari poydevorlari, tutun trubalari va monolit konstruksiyalar tayyorlanadi.
Kislotabardosh beton
Kislotabardosh beton suyuq shishaga polimer qo‘shib olingan bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, qotiruvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi.
Kislotaga chidamli kukun to‘ldirgichlar toza kvars qumi, andezit, bazalt, diabaz va sh.k, asosida olinadi. Suyuq shishani qotirish uchun kremneftorli natriy (Na2SiF6) qo‘shiladi. To‘ldirgich sifatida kvars qumi, granit, andezit, kvarsit kabi kislotaga chidamli chaqiq toshlar ishlatiladi.
Ushbu komponentlar asosida ratsional tarkibda tayyorlangan beton qorishmasi turli zichlashtirish usullari bilan qoliplangach, 10 sut davomida 15-200S haroratda ochiq havoda saqlanadi. Beton qotgach yuzasi sulfat yoki xlorid kislotasi bilan xo‘llanib yanada zichlashtiriladi. Kislotabardosh beton konsentrlangan kislotalar, tuzli muhitlarga o‘ta chidamli bo‘lsada, suv ta’sirida 5-10 yilda, ishqoriy qorishmalarda esa bundan ham tezroq buziladi. Kislotabardosh beton kimyo sanoati sexlarining pol, devor qismlarini, elektroliz vannalarini futerovka qilishda (qoplashda), mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborxonalarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlardan himoyalovchi beton
Maxsus betonning bunday turi atom elektrostansiyalari, termoyadro sinash poligonlarida, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalovchi inshootlar qurilishida ishlatiladi. Betonga o‘ta og‘irlik, zichlik va tarkibida muayyan miqdorda vodorod bo‘lishi (odatda suv tarkibida) kabi maxsus talablar qo‘yiladi. Beton tayyorlashda bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement va giltuproqli sement tavsiya etiladi.
To‘ldirgich sifatida magnetit (Fe3O4), gematit (Fe2O3) kabi tarkibida 60% dan ko‘p temir bo‘lgan temir rudasi, qo‘ng‘ir temir (limonit) Fe2O3.nH2O va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 80% bariy sulfati (VaSO4) bo‘lgan barit rudasi (barit) beton tayyorlashda mayda va yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Mayda to‘ldirgich sifatida kvars yoki limonit qumi, cho‘yan pitrasi qo‘llaniladi. Metall yirik to‘ldirgich metallni qayta ishlash zavodlari chiqindilaridan olinishi mumkin. O‘ta og‘ir betonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgich turiga bog‘liq bo‘lib, magnetit to‘ldirgichli beton 4000
kgm3, metall to‘ldirgichli beton 6000 kgm3 ga etadi.
O‘ta og‘ir beton mustahkamlik bo‘yicha markasi M100,M200 va M300 bo‘ladi. Beton tarkibini tanlashda suvning miqdoriga alohida ahamiyat beriladi, chunki beton tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suv kishi organizmi uchun xavfli bo‘lgan -nurlar va neytron oqimlarini samarali yutuvchi hisoblanadi. O‘ta og‘ir beton atom reaktori aktiv korpusini himoyalashda ishlatilganda, olovbardoshlik va o‘tga chidamlilik talab etiladi. Og‘ir beton massiv quyilganda sementdan kam miqdorda issiqlik ajrab chiqishi va kirishishi asosiy omil hisoblanadi.
SHlakishqorli bog‘lvchilar asosidagi beton
SHlakishqorli bog‘lovchi qora va rangli metallurgiya shlaklari va yuqori modulli ferroxrom shlaklari birgalikda maydalanib, belitli shlamlar, yuqori kalsiyli TES kullari bilan natriy yoki kaliy ishqoriy metallari qorishmalari (suyuq shisha) bilan aralashtirilib tayyorlangan gidravlik moddalardir. Bog‘lovchi olishda elektrotermofosfor shlaklarini ishlatish yuqori natijalar beradi. Ishqoriy komponent sifatida tarkibida ishqor bo‘lgan sanoat chiqindilarini ham ishlatish mumkin.
SHlakishqorli bog‘lovchilar M400-M1200 markalarda olinadi. To‘ldirgich sifatida maydalangan tog‘ jinslari, sanoat chiqindilari ishlatilishi mumkin. SHlakishqorli bog‘lovchilar mineral to‘ldirgichlar bilan aktiv reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega.
SHlakishqorli bog‘lovchilar asosida mustahkamligi bo‘yicha M800-M1200 markadagi og‘ir betonlar va M600-M800 markadagi engil betonlarni olish mumkin. Beton kimyoviy agressiv muhitlarga va yuqori haroratga o‘ta bardoshli bo‘ladi.
SHlakishqorli bog‘lovchi asosidagi betonlar yig‘ma va monolit temirbeton konstruksiyalar, agressiv muhitlarda ishlatishga mo‘ljallangan maxsus buyumlar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi.
Oltingugurtli beton
Oltingugurt bog‘lovchisi asosidagi beton chaqiq tosh, qum, mineral kukun quruq aralashmasini 140-1500S gacha qizdirib, 145-1550S haroratda eritilgan oltingugurt bilan aralashtirib tayyorlanadi. Oltingugurt 1191220S haroratda kristall holatdan suyuq holatga o‘tib, sovitilganda yana kristallanadi.
Kukun to‘ldirgich sifatida kvars, andezit, diabaz kabi kislotaga chidamli minerallar kukuni, kislotaga chidamli sement, to‘ldirgich sifatida kvars qumi, chaqiq tosh va boshqa sanoat chiqindilari ishlatilishi mumkin. Oltingugurtli beton tayyorlash texnologiyasi aniqlik talab etadi, chunki haroratning 1190S pasayishi beton massasining qotishiga olib keladi. Qoliplangan beton sovugandan keyin is’temolga yaroqli bo‘lishi texnologik tizimining kichik bo‘lishi asosiy omildir.
Oltingugurtli beton mustahkamligi bo‘yicha M200-M800 markalarda bo‘ladi. O‘rtacha zichligi 2200 kgm3, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha F200-F400 markalarda bo‘ladi.
Oltingugurt bir necha yuz yillardan beri maxsus qurilishlarda ishlatib kelingan. Masalan, oltingugurt asosidagi mayin va oddiy qorishmalar tosh terishda, metall konstruksiyalarni qoplashda va boshqalarda ishlatilgan.
Xozirgi kunda chet ellarda oltingugurtli beton bino va inshootlar poydevorlari, qoziq-poydevorlar, kimyoviy moddalar saqlanadigan idishlar, kimyoviy muhitlarga chidamli buyumlar va qismlar, yo‘l qoplamalari tayyorlashda ishlatilmoqda. O‘zbekistonda oltingugurt va bitum bog‘lovchilari asosida yig‘ma asfaltoltingugurt beton konstruksiyalari tayyorlash texnologiyasi, beton va temirbeton konstruksiyalarini, arbolitni oltingugurt eritmasi bilan shimdirib, xossalarini yaxshilash texnologiyalari ishlab chiqilgan.