Olovbardoshlik. Betonga olov ta’sirini o‘rganish bino va inshootlarga yuqori harorat ta’sir etganda hosil bo‘ladigan o‘zgarishlarni avvaldan hisobga olish uchun muximdir. Beton umuman yonmaydigan material hisoblansada, yuqori harorat ta’sirida buziladi.
Binolarga o‘t tushganda olovning qisqa muddatli ta’sirida beton xossalari o‘zgarmasligi mumkin. Ammo 160-2000S harorat uzoq muddat ta’sir etsa betonning mustahkamligi 25-30% pasayadi. Harorat 5000S oshib ketsa, sement toshi gidrominerallari va kalsiy gidrooksidi parchalanadi, natijada betonning mustahkamligi keskin kamayadi va konstruksiya buzila boshlaydi.
Beton uzoq muddat 2000S ortiq haroratda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa, betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan himoyalash yoki konstruksiyalarni olovbardosh betondan tayyorlash zarur. O‘t tushish ehtimoli ko‘p bo‘lgan qurilish ob’ektlarida beton ishlatilganda yuzasini harorat ta’sirida tezlikda ko‘chib g‘ovak issiqlik izolyasiyasi materiali hosil qiluvchi maxsus polimer kompozitsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5. Beton tarkibini tanlash Beton tarkibini tanlash sement, suv, mayda va yirik to‘ldirgichlarning, betonning reologik va texnik xossalari, markasini ta’minlagan holda, optimal miqdorlarini topishdan iborat.
Beton tarkibini tanlashda komponentlarning standart xarakteristikalaridan foydalaniladi. Beton tarkibi hisoblash formulalari yordamida tanlanadi va tajriba qorishmalari tayyorlanib, natijalarga aniqlik kiritiladi.
Beton tarkibini tanlashda beton markasi va sement markasi o‘rtasidagi mutanosiblik katta ahamiyatga ega. Past va o‘rtacha markadagi betonlar uchun RbRs0,4-0,6 oralig‘ida, yuqori markadagi betonlar (M500, M600 va yuqori)
uchun esa 0,8-1,0 bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Sement sarfi uning markasiga bevosita bog‘liqligini hisobga olsak masala yanada tushunarli bo‘ladi. YUqori markadagi sementlarni past markadagi betonlar olishda ishlatish beton qorishmasining reologik hossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Beton tarkibini tanlashda bir nechta usullar mavjud bo‘lib, ko‘p xollarda V.G.Skramtaev taklif qilgan ”absolyut hajmlar” usuli qo‘llaniladi. Bu usulga binoan 1000 l (1m3) beton qorishmasi uchun sement, suv, mayda va yirik to‘ldirgichlar miqdori aniqlanadi.
Muayyan beton tarkibini tanlash uchun betonning markasi, beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi, sement aktivligi, mayda va yirik to‘ldirgichlarning zichligi va to‘kma zichligi, yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shliqligi va fraksiyasi zarur bo‘ladi.
Betonning tarkibi quyidagicha tanlanadi:
1.Suvning miqdori beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligiga bog‘liq ravishda 6.6-rasmda ko‘rsatilgan grafik yordamida topiladi.
2.Suv-sement nisbati 6.1 va 6.2 formulalar yordamida topiladi.
Formulalar qayta tuzilgach quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
SSARs(Rb0,5ARs) yoki SSA1Rs(Rb-0,5A1Rs)
Ushbu formulalar yordamida hisoblab topilgan suv-sement nisbati oddiy og‘ir betonlarga ta’luqlidir. Sovuqqa chidamli, suv o‘tkazmaydigan
betonlar tarkibini tanlashda SS majburan chegaralashga to‘g‘ri keladi.
1m3 beton uchun sement sarfi SS(SS) formulasi yordamida topiladi. Formula yordamida topilgan sement miqdori belgilangan meyoridan kam bo‘lsa, uning miqdorini oshirish zarur, lekin avvalgi SS nisbati saqlab qolinadi. Suvning miqdori sement sarfiga mos ravishda oshiriladi.
Sementning eng kam miqdori beton konstruksiyalar uchun 200 kgm3, temirbeton konstruksiyalar uchun 220 kgm3 va agressiv muhitlarda ishlatish mo‘ljallangan konstruksiyalar uchun 250 kgm3 belgilangan.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar sarfi ikkita shartga asoslanib hisoblanadi:
a) Zichlashtirilgan beton hajmi (1m3 yoki 1000l)havo aralashmalarini hisobga olmagan holda mayda va yirik to‘ldirgichlar hajmi va ularning oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi sement xamiri hajmi yig‘indisidan iboratdir. Ushbu shartni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin: