madaniyati gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik
davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me’morchilik
ansambllari
vujudga keldi, me’morchilikning yangi tiplari paydo bo’ldi.
Italiyaliklar qadimdagi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan
qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, nazariyasini
yangi ilmiy bilimlar bilan
boyitdilar. Realistik portret, tarixiy
mavzudagi relef yaratish, mozaika, amaliy
san’at borasidagi novatorlik namunalarini ko’rsatadilar.
Qadimgi Italiya xalqlari
ichida etrusklar bo’lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning o’rta
va g’arbiy janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san’atida katta
muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta-katta
imoratlar solganlar,
birinchi bo’lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere,
Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Keng
yo’llar, mustahkam ko’prik va kanallar qurilgan. Etrusk haykaltaroshlaridan biri
Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini bezashga taklif
etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining
dekorativ haykallarini ham
ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb yuritiladi) san’atkor ijodining o’ziga xos
tomonini xarakterlaydi. Unda san’at va nur xudosi bo’lgan Apollonning shaxdam
qadamlar bilan odimlab ketayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, engil libos ostidan
uning rivojlangan muskuli va kuchli qomati ko’rinib turibdi. Etruriya jamiyatining
eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga to’g’ri keladi.
Eramizdan
avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga
Italiyaning janubidagi grek
koloniyalari san’atining tasviri sezila boshladi. Etrusklar grek alfavitini,
teatr va
mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham yuzasiga bareleflar
tushurilgan oltin tangalar chiqara boshladilar.
Dostları ilə paylaş: