4. Antik san'atni tushuntirib bering.
5. Krit-miken san’ati haqida so’zlang.
6. Knoss saroyi haqida nimani bilasiz?
5 - Mavzu:
Qadimgi Gretsiya, Italiya vа o’rta asrlar san’ati.
RЕJA
:
1. Qadimgi Grеtsiya san'atining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni.
2. Mе'morchilik va haykaltaroshlikning o`ziga xos tomonlari.
3. Qadimgi Italiya san'ati, uning gеografik o`rni, davlat chеgarasi.
4. Qadimgi Rim san'ati, tasviriy san'at va haykaltaroshlik
5. Rim san'ati va madaniyatining ahamiyati xaqida ma'lumot.
6. Sharq va.G`arbda o`rta asrlar
tarixining davriy chеgarasi, rivojlanishidagi
asosiy
bosqichlar.
7. Vizantiya, Sharqiy Еvropa va Kavkaz orti san'ati.
Adabiyotlar
:
1. Abdullaеv N.U. «San'at tarixi» Tom-1, Toshkеnt, O’qituvchi, 1986y. (69-117-
betlar)
2. Vippyer B.R. «Isskustvo drеvnеy Grеtsii» M., 1972. (10-23)
2. «Isskustvo stran i narodov mira». Kratkaya xudojеstvеnnaya entsiklopеdiya. M.,
1968. Tom -9. (41-53)
3. TyajеloV:V,N., Sopodinskiy O.I. “Isskustvo srеdnix '-vеkov”M 1975. (31-42)
Odatda Qadimgi Grеtsiya san'ati tarixi Mikеnaning
qulashi va Doriylar
tomonidan Pеloponnеs, uning janubida joylashgan orollar,
Kritning bosib olinishi
bilan boshlanadi va eramizdan avvalgi XI asrdan I asrgacha bo`lgan davrni o`z
ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr turt bosqichdan iborat.
1). Gomyer davri (er.av. XI-VIII asrlar);
2). Arxaika davri (er.av. VII-VI asrlar);
3). Klassika davri (er.av. V-IV asrlarning dastlabki uch choragi);
4). Ellinizm davri (er.av. IV-I asrlar).
Grеklar birinchi bor badiiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini
yеchishga urindilar. Ular botirliq jasorat, Vatan mеhri
va nur insonning qudratini
ulug`ladilar, uning jismoniy go`zalligi va ma'naviy barkamolligini ifodalab, idеal,
garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Buyuk Sofoklning
"Tabiatda insondan kuchli zot yuq",
dеgan fikri davr estеtikasi, dunyop qarashini
o`zida mujassamlashtirgan. Qadimgi Grеtsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o`z
manfaatidan ustun quyadigan insonni ulug`ladilar. Irodali, Vatanni sеvadigan va
uning uchun kurasha oladigan inson obrazini idеal inson, dеb bildilar.
Xar to`rt yilda o`tkaziladigan
Olimpiya musobaqalari esa, erkin Ellinning
jismoniy va ma'naviy shavkatini namoyon etuvchi bayramga aylandi, g`oliblarga
haykallar urnatildi.
Darhaqiqat, Grеk san'ati insonning rеal his-tuyg`ularini badiiy
ifoda etishi bilan hamon kishiga zavq-shavq baxsh etmoqada inson akl-idroki,
zakovatini
tarannum etib, unga kuch bag`ishlamoqda.Grеk san'atining shu jihati
Еvropaliklar tomonidan ham, Sharq, xalqlari tomonidan ham e'zozlanadi.
Mamlakatimiz san'atkorlari ham bu san'at namunalariga murojaat qilib,
o`zlarining mahoratlarini oshirganlar.
Dostları ilə paylaş: