Мавзу: Қадимги греция санъати



Yüklə 22,4 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,4 Kb.
#166723
Gomer davri san’ati



Mavzu:Gomer davri san’ati
Reja:
I.Kirish; Gomer davri san’ati haqida
II.Asosiy qism;
1. Qadimgi Gretsiya san`atining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni.
2. Me`morchilik va haykaltaroshlikning o`ziga xos tomonlari.
III.Xulosa

Odatda Qadimgi Gretsiya san`ati tarixi Mikenaning qulashi va Doriylar tomonidan Peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va eramizdan avvalgi XI asrdan I asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to`rt bosqichdan iborat:


1). Gomer davri (er.av. XI-VIII asrlar);
2). Arxaika davri (er.av. VII-VI asrlar);
3). Klassika davri (er.av. V-IV asrlarning dastlabki uch choragi);
4). Ellinizm davri (er.av. IV-I asrlar).
Greklar birinchi bor badiiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini yechishga urindilar. Ular botirlik, jasorat, Vatan mehri va hur insonning qudratini ulug`ladilar, uning jismoniy go`zalligi va ma`naviy barkamolligini ifodalab, ideal, garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Buyuk Sofoklning “Tabiatda insondan kuchli zot yo`q”, - degan fikri davr estetikasi, dunyoqarashini o`zida mujassamlashtirgan. Qadimgi Gretsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`yadigan insonni ulug`ladilar. Irodali, Vatanni sevadigan va uning uchun kurasha oladigan inson obrazini ideal inson, deb bildilar.
Har to`rt yilda o`tkaziladigan Olimpiya musobaqalari esa, erkin Ellinning jismoniy va ma`naviy shavkatini namoyon etuvchi bayramga aylandi, g`oliblarga haykallar o`rnatildi. Darhaqiqat, Grek san`ati insonning real his-tuyg`ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga zavq-shavq baxsh etmoqda; inson aql-idroki, zakovatini tarannum etib, unga kuch bag`ishlamoqda.Grek san`atining shu jihati Yevropaliklar tomonidan ham, Sharq xalqlari tomonidan ham e`zozlanadi.
Mamlakatimiz san`atkorlari ham bu san`at namunalariga murojaat qilib, o`zlarining mahoratlarini oshirganlar.
Gomer davri san`ati.
Qadimgi Gretsiya tarixining eramizdan avvalgi XI-VIII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr san`ati va madaniyatini o`rganishda Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli manbaa hisoblanadi. Mikena yozuvlarining o`qilishi shu davrga oid ma`lumotlarning kengayishiga yordam berdi. Gomer davrida hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan ko`zaga gul solish san`ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan kulochilik buyumlari - ko`zalarda qadimgi Grek amaliy-dekorativ san`atining o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`ladi. Bu ko`zalar yuzasiga geometrik naqshlar ishlangan bo`lib, ularning shakli ko`rkam naqshlar kompozitsiyasi aniq, siluetlari qat`iy. Bu xususiyatlar buyumga o`zgacha latofat kiritadi.
Diniy marosimlar bilan bog`liq bo`lgan katta hajmdagi Dipilok ko`zalari (Afrika yaqinidagi Dipilon darvozasi yaqinidan topilgani uchun shunday deb nomlangan) shunday xarakterda ishlangan. Gomer asri kulolchilik buyumlari, ko`zalarida geometrik naqshlardan tashqari o`simliklardan ishlangan naqshlar, hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar uchraydi.
Arxaik Gretsiya san`ati.
Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlaridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat tashkil topa boshlagan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda arxaik, ya`ni qadimgi (grekcha “arxeyos” - qadimgi demakdir) davr deb nomlanadi. Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot, astronomiya, tarix, geografiya, matematika taraqqiy qildi, poeziya, adabiyot, teatr kamol topdi, grek yozuvi paydo bo`ldi. Greklar o`zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq mamlakatlari - Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi yutuqlarini chuqur o`rganib, o`zlarining betakror san`at va madaniyatlarini yaratishga muyassar bo`ldilar.
Me`morlik. Arxaika davri me`morchilik san`ati shaharlarning rivojlanishi va qurilishi bilan bog`liq.
Grek ibodatxonalari bir necha tipda bo`lib, bularning ichida eng keng tarqalgan tipi peripter hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-sella bo`lib, atrofi esa ustunlar bilan o`ralgan. Grek me`morchiligining bu tipi faqat grek me`morchiligidagina emas, balki jahon san`ati me`morchiligida ham katta rol o`ynadi. Ilk Arxaika ibodaxonalari birmuncha past va uzunroq qilib qurilgan. Ularning ko`rinishi vazmin va salobatli. Pestumdagi (Italiya) Gera ibodatxonasi (er.av.VI asr o`rtalarida) shu jihatdan ibratli. Korinfdagi Apollon ibodatxonasi (er.av.VI asrning ikkinchi yarmida qurilgan) periter tipidagi doriy orderida ishlangan bo`lib, uning old tomonida 6, yon tomonida 15 ustun o`rnatilgan. Bu ibodatxonada ham Arxaika me`morchiligining xarakterli tomonlari ochiladi.
Haykaltaroshlik. Arxaika davrida grek monumental haykaltaroshligi kamol topa boshladi. Toshdan yaratilgan haykallar namunasi esa eramizdan avvalgi VII asrlarga to`g`ri keladi. Haykaltaroshlikning rivojlanishida Krit san`atkorlarining ta`siri sezilarli bo`lgan. Arxaika davri haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar ko`rsatiladi. Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar va gigantlar jangiga bag`ishlangan kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi mahsulidir. Arxaika davrining ko`zaga surat solish san`ati dastlab qora figurali vazalarda namoyon bo`ldi. Bunday vazalarga qora lak bilan turli tasvirlar ishlangan. Ayniqsa qora figurali vazalar ishlash san`ati VI asrning II-III choragida rivojlanib, bu sohada attikali qurollar va rasmlar chiqarishgan. Shunday mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo`lgan. U jahonga mashhur bo`lgan “Fransua vazas”ni bezatgan. Er.av. 540-530 yillarda qizil figurali vazalar ishlash keng tarqaladi. Bu vazaga gul solish san`atida realistik tendensiyalarning ortib borishi sabab bo`ldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar ko`zaning tabiiy rangi - pishirilgan loy rangida (qizg`ish, qizg`ish jigarrang) qoldirib, fon, qolgan bo`shliq esa qora lak bilan bo`yab chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega bo`lib, eramizdan avvalgi VI asrning uchinchi choragidan IV asrgacha davom etdi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib, Gretsiya o`zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko`tarildi.
Yuqori klassika. Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya siyosiy, iqtisodiy va madaniy ravnaqining oltin davrini boshladi. San`atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy obrazlarda ko`rsatadi. Bu taraqqiyotda, so`zsiz, shu davrning yirik davlat arbobi Perikl muhim rol o`ynadi. Yuqori klassika davrida Afina akropoli o`zining tugal ko`rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qal`asi - Akropol qayta tiklandi. Bu qal`a Eron-Grek urushida vayron bo`lgan edi. Eramizdan avvalgi V asrning uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grek me`morchiligining nodir durdonalari bo`lgan Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g`alaba ma`budasi Nikaga atab qurilgan Niki Apteros qad ko`tardi. Bu binolar badiiy bezakka boy bo`lgan. Masalan, Propiley devorlari davlatning jangovor o`tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug`ligini o`zida ifodalab, grek tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish etuvchi me`morchilik ansambli edi. Akropol tepaligining yon bag`irlarida qurilgan ibodatxona va tomoshaxonalar esa uni yanada mo`tabar, muqaddas dargoh darajasiga ko`targan. Grek klassikasi me`morchiligining beqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va afinaliklar homiysi bo`lgan Afina ma`budasiga bag`ishlangan Porfenon ibodatxonasi hisoblanadi. Eramizdan avvalgi 447-438 yillarda me`morchilik Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan bu ibodatxona afinaliklarning xazinasini saqlash uchun xizmat qilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan. Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam qo`ydi. O`aykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini to`g`ri tasvirlabgina qolmasdan, o`z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bo`lishiga alohida e`tibor bera boshladilar. Shunday masala bilan shug`ullangan yirik haykaltaroshlardan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri “Diskobal” (Disk otuvchi) haykalida jismoniy go`zal, ma`naviy kuchli ideal inson obrazi yaratiladi. So`nggi klassika davri haykaltaroshligi realistik tendensiyaning kuchayishi bilan xarakterlanadi. O`aykaltaroshlar o`z qobiliyati, dunyoqarashi, imkoniyatlaridan kelib chiqib, inson ma`naviy olamining turli qirralarini yorita boshlaydilar. Bu xususiyat so`nggi klassikaning buyuk haykaltaroshlari Skopos, Praksitel, Lisipp ijodida sezilarli edi.
Davr ziddiyatlari, san`atda sodir bo`layotgan o`zgarishlar so`nggi klassika davrining yirik haykataroshi Skopos ijodida o`z ifodasini topdi. U yuqori klassika an`analarini davom ettirib, monumental, qahramonlik ruhi bilan sug`orilgan haykaltaroshlik kompozitsiyalarini ishladi, lekin asarlarida yuqori klassikaga xos xotirjamlik, ulug`vorlik, vazminlik emas, balki serg`ayrat, kuch-quvvatga to`lib-toshgan kishilarning ko`rinishi, ma`naviy ichki dunyosi ochib ko`rsatiladi. Skopasning mashhur asarlaridan biri “Menada” (Vakanka, Dionisning umr yo`ldoshi) haykalidir. Unda raqs dunyosiga cho`mgan, maftun bo`lgan Menada holati tasvirlanadi.
Menadaning berilib raqsga tushayotgan holati orqali tashlangan bosh harakati, spiralsimon buralgan gavda orqali ochib berilgan. Obrazning har tomonlama idrok etilishini hisobga olish ham Skopos ijodini avvalgi davr san`atidan farqlaydi.

Adabiyotlar:




1. Abdullayev N.U. «San`at tarixi» Tom-1, Toshkent,
O`qituvchi, 1986 y. (69-78)
2. Vipper B.R. «Isskustvo drevney Gretsii» M., 1972.
(10-23)
Yüklə 22,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin