Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi boshqa fanlarni o‘qitish metodikalari (tayanch fani matematika, ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bogianadi.
0‘qituvchi o‘qitishda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Predmetlararo bogManishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Mashg‘ulotlarda metodika fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida metodik manbalarni (dastur, metodik qo‘llanma, darsliklarni tahlil qilish va uni tuzatish kabilar) o'rganish bilan birga, metodik adabiyotlarga ijodiy yondoshib, ulardan o‘qitish ishlarini tashkil qilishda, ilmiy izlanishlar olib borishda didaktik tamoyillar ketma-ketligidan foydalanadilar. 0‘quv-mashg‘ulotlarida talabalar dars ishlanmalari tuzish, turli metodik yo‘nalishga oid tavsiyalar yozish va bunda har bir mavzuga qay yo‘sinda yondoshish muhim ahamiyatga ega ekanligini har tomonlama muhokama qilish bilan ham shug‘ullanadilar. Pedagogik amaliyot mazmuni nazariy bilimlarni boshlangi‘ch sinf matematika darslarida qo‘llay olish, fanlararo aloqadorlikni mustahkamlashni amalga oshirishni talab etadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba Davlat ta'lim standard va dastur, darslik mazmuni bilan tanish bo‘lishi kuzatiladi.Talabalmining nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi, Boshlangi‘ch sinf o‘quvchilariga matematikadan beriladigan bilim, hosil qilinadigan malaka va ko‘nikmalar jarayoni o‘quvchilaming kasb-hunarga qiziqtirishini shakllantiriga qaratiladi. Uzviylikni ta‘minlash maqsadida 5-sinfda o‘rganiladigan million ichida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va boiishning hamma hollarini udallay olishi uchun metodik jihatdan uzviyligi va ketma-ketligini mustahkamlydi.