O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni, o’quv-uslubiy majmua) bilan bir qatorda - kompьyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari:kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash:o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Matematika o’qitish metodikasi” fanini o’qitish jarayonida kompьyuter texnologiyasidan, "Pover-Point" elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompьyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
ASOSIY QISM Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning umumiy masalalari. Ma’ruza mashg’ulotlar 1. Boshlang`ich matematika fani-o`quv fani sifatida. Boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Uning mazmuni va uzviyligi. Boshlangi‘ch sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim, bahs-munozara, blits-so’rov, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar:A1; A2; A3; Q1; Q2, Q3; Q4.