Nazorat uchun savollar: «O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlash, tayyorgarlik davriqachon o’tiladi?
«O‘nlik» mavzusida sonlarni qo’shish va ayirish.necha bocqichda o’rgatiladi?
Тalabalarda ushbu mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
I.Har bir talaba:
1) konsentirlar bo‘yicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi;
2) o‘quvchilarni o‘zlashtirishni takomillashtiradigan аmashqlar tizimini ishlash jarayonini bilishi:
a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar bo‘yicha o‘zaro uzviyligiga bog‘liq metodlar:
b) natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari:
d) Sonning o‘nli tarkibi to‘g‘risida:
e) konsetrlar bo‘yicha sonlarning o‘qilishi va joylashuvi:
f) yangi sanoq birligining hosil qilinishi:
g) konsentrlar bo‘yicha sonlarning joylashuv tarkibi:
h) xona birliklari bo‘yicha munosabat:
i) sonlar tarkibining o‘qilishi va yozilishini bilishi kerak.
Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘rgazmalilikdan foydalanish.
II. Bilish kerak:
– mavzu bo‘yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash;
– darslik bo‘yicha ko‘rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish:
– o‘quv materialini o‘zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o‘yinlar tanlash:
– bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishi bo‘yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish:
– turli xil ko‘rinishdagi ko‘rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o‘tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik tamoyillar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
1) O‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi:
2) Predmetlarni sanashni shakllantirish:
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak;
4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;
5) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak;
6) Raqamlarni o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak;
7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
8) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak;
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak.
10) Miqdorlar yordamida predmetlarni o‘zaro taqqoslash, «ko‘p», «kam», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi;
Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentrlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi.
Matematika dasturi o‘z ichiga avvalo natural sonlar bilan to‘rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o‘rinda qo‘shib o‘qitiladi.
N0 ni nemerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‘ich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo‘shib algebra va geometriya elementlari o‘qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq tizimining xususiyalari bilan, og‘zaki va yozma raqamlashni takror-takror qo‘llash orqali beriladi.
1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o‘nlik bilan nol soni ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi. 1-,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq tizimining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi.
«O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlash, tayyorgarlik davri. Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o‘qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho‘p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo‘lsa, shuncha bayroqcha oling.
4. Qaysi doirachalar ko‘p? Qizillarimi, ko‘klarimi?
5.Тartib bilan qo‘yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar.
Тayyorgarlik davrining (6–7 mashg‘ulot) asosiy vazifasi raqamlashni o‘rganishga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni aniqlash.
1-sinfning 1- mavzusi 1-o‘nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida raqamlashda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida o‘quvchilar quyidagilarga erishadilar:
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to‘la o‘zlashtirish.
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi.
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‘lishi (1 ni qo‘shish yoki 1 ni ayirish bilan).
4. Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to‘plamini mos keltirishi.
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‘shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.
7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o‘qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi;
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo‘lsin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?
3. Berilgan son bilan qo‘shni sonlar orasida qanday munosabatlar mavjud (<,>, =)
10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishi kerak.
1. 1–10 raqamlashni va ularning ketma-ketligini.
2. Har qanday sonning sonlar qatoridagi o‘rnini.
3. Sonlarni taqqoslashni (<,>, =) belgilarni qo‘ya olishi
Bu bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o‘rganish rejasi tuzuladi. Natural raqamlar tartibi o‘quvchilarda bu qatorning hosil bo‘lish tushunchalarini ongli o‘zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e’tibor qilish kerakki har gal avvalgi o‘tilgan raqamlar qatori qayta ko‘rib chiqiladi va o‘rganilayotgan yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi.