Masal va she`r o`qitish usuliyoti Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot



Yüklə 12,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü12,5 Kb.
#193152
  1   2   3   4
usuliyoti (1)

Masal va

she`r o`qitish

usuliyoti

Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot


Masal o’qish metodikasi.
SHe’r o’qish metodikasi.
Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish metodikasi.
Ifodali o’qish xususiyatlari, asoslari.

Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion nuqta va echimi bo’lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.

Masal o’qish metodikasi.

Masal ustida ishlash

  • Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, obrazlarning go’zalligi o’ziga jalb qiladi. SHuning uchun masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda, masal personajlari o’z xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari bilan o’zlarini tavsiflaydilar, ba’zan u xarakteristikani masalning boshqa personaji to’ldiradi. Muallifning o’zi esa bir-ikki so’z bilan tavsifni mukammallashtiradi

Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganish

  • Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganishda bolalarni masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.

Yüklə 12,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin