Машгулот №18 Мавзу: uglevodlar(korbonsuvlar)


Amaliy qism 1-tajriba: D-Glukozadagi gidroksil guruhlar borligini aniqlash



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/2
tarix02.04.2023
ölçüsü149 Kb.
#92457
1   2
Моносахарид амалий

Amaliy qism
1-tajriba: D-Glukozadagi gidroksil guruhlar borligini aniqlash. Probirkaga 4-5 tomchi D-glukozaning 0,5 % li eritmasi va 10 tomchi 10% li NaOH eritmasi solinadi. Aralashmaga 4 tomchi CuSO4 ning 2 % li eritmasi qo’shiladi. Hosil bo’lgan Cu(OH)2 ning cho’kmasi tez erib ketadi va tiniq ko’k rangli eritma hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan eritma keying reaksiya uchun olib qo’yiladi.


2-tajriba: “ Mis gidroksidining ishqoriy muhitda glukoza bilan qaytarilishi( Trommer namunasi)”. Oldingi ishdagi ko’k rangli eritmaga 20 tomchi suv qoshiladi. Keyin probirkaning ustki qismi qizdiriladi(qaynatilmaydi), pastki qismi qizdirilmaydi. Probirkaning yuqori qismi ko’k rangdan sariq rangga o’tadi. Bu reaksiya Trommer namunasi deb ataladi va siydikda glukoza borligini aniqlashda ishlatiladi.

3-tajriba: Glukozani mis gliseratni ishqorli eritmasi – Gaynes reaktivi orqali aniqlash. Ikkita probirkaga 1 tomchidan 2% li CuSO4 eritmasidan va 2 tomchidan 10% NaOH eritmasidan solinadi. Hosil bo’lgan Cu(OH)2 cho’kmasiga 1 tomchidan glitserin qo’shib aralashtiriladi. Cho’kmada qanday hodisa kuzatiladi? Hosil bo’lgan eritmalarni biriga 1 tomchi 3-eritmadan, ikkinchisiga esa 1 tomchi 4-eritmadan ko’shiladi. Har ikkala probirkadagi eritmani sathi 18-20mm bo’lguncha H2O qo’shiladi. Probirkalar chayqatiladi va ozgina egib eritmani yuqori qismi qaynatiladi. Kuzatilgan hodisani tushuntiring va qaysi probirkada D-glyukoza borligini aniqlang. Mis glitseratni ishqorli eritmasi – Gaynes reaktivi deyiladi va klinik laboratoriyalarda siydikdagi glyukozani aniqlashda ishlatiladi.
Tajribalar to‘g‘risidagi xulosalaringizni daftaringizga yozing


Nazorat savollari:

  1. Моносахаридларнинг классификацияси ва номенклатураси

  1. 2.Моносахаридларнингстереоизмерияси

  2. 3.Моносахаридларнинг халқаланиш реакцияси

  3. Моносахаридларнинг эритмаларида халқа-оксо таутомерия ва мутаротация

  4. 5.Моносахаридларнинг оксидланиши ва қайтарилиши

  5. Моносахаридларнинг оксо шаклининг реакциялари

  6. Моносахаридларнинг халқали шаклларининг реакциялари

  7. Monosaxaridlarni geterofunksional birikmalar sifatida ta’riflang.

  8. Mutarotatsiya deb nimaga aytiladi?

  9. Monosaxaridlarning ishqoriy va kislotali muhitda oksidlanishining farqlarini ko’rsating.

  10. Aldoza va ketozalarni tushuntiring.

  11. D va L izomerlarni tushuntiring.

  12. α va β anomerlar nimasi bilan farqlanadi.

  13. Monosaxaridlarning qaytarilish mahsulotlari.

  14. Monosaxaridlarning oddiy va murakkab efirlari.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin