MASHG’ULOT ISHLANMA Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarga fasllar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu asosida bog‘langan nutqni rivojlantirish, nutq ohangi, ifodasi va ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish, o‘qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish. Kichkintoylarning harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga, lug‘at boyligini orttirishga, voqea va hodisalarga o‘z fikrini bildirishga erishish.
Vazifalar: Yil fasllari haqida ko‘proq ma’lumot berish.
2. Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash, aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar: Fasllar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishadi.
2. Bolalar o‘zlari yoqtirgan fasllarda qanday mevalar pishib yetilishi, ob-havo qanday holatda bo‘lishini o‘rganib olishadi.
Kerakli jihozlar: Yil fasllari tasvirlangan suratlar.
2. Qaldirg‘och, olma, chinor barglari surati, qor parchalari.
3. Musiqadan foydalanish uchun televizor hamda DVD disk.
4. Koptok.
5. Kichkintoylarni rag‘batlantirish uchun o‘yinchoqlar.
Mashg‘ulotni tashkil etish usullari: Bolalar bilan suhbat.
Ko‘rgazmalilik.
Tushuntirish.
Savol-javob.
Rag‘batlantirish.
Kichkintoylar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin.
TARBIYACHI: — Bolalar, hozir qanday fasl?
Bolalar javobi. Bolalarga yangi mavzuni tushuntirib, ulardan qaysi faslni yoqtirishi so‘raladi.
— Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?
Bolalar javobi Guruh bo‘lib ishlash.
Kichkintoylarga yoqtirgan fasllariga mos bo‘lgan suratlarni olib, shu surat bor stolga borib o‘tirishlari taklif qilinadi va to‘rt jamoaga bo‘lib olinadi.
Bahor fasli jamoasi — qaldirg‘och guruhi.
2. Yoz fasli jamoasi — olma guruhi.
3. Kuz fasli jamoasi — chinor barglari guruhi.
4. Qish fasli jamoasi — qor parchalari guruhi.
TARBIYACHI: — Aziz bolajonlar, o‘z joylaringizni egallagan bo‘lsangiz, sehrli yo‘lakchamizga birinchi jamoamizni taklif qilamiz.
Har bir jamoa birma-bir taklif etiladi. Guruh xonasidagi devorga chizilgan suratdan foydalaniladi.
Bahor fasli. Bolalarga bahor fasli haqida ma’lumotlar beriladi va jajjilarning nutqini yangi so‘zlar bilan boyitiladi. Bu faslda qanday bayramlar nishonlanishi tushuntiriladi.
Ular bahor fasli haqida o‘rgangan she’rlaridan aytib, joylariga borib o‘tiradilar.
Yoz fasli. TARBIYACHI: – “Yoz fasli” jamoasini sehrli yo‘lakchaga taklif etamiz. (Sehrli yo‘lakchada gullar va olmalar bo‘ladi. Bolalarga yoz fasli haqida ma’lumotlar beriladi va shu faslga mos bo‘lgan she’rlar ayttirilib, joylariga kuzatib qo‘yiladi.)