Mashg’ulot ishlanma mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 96,5 Kb.
tarix09.06.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#61084
MASHG’ULOT ISHLANMA


MASHG’ULOT ISHLANMA
Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarga fasllar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu asosida bog‘langan nutqni rivojlantirish, nutq ohangi, ifodasi va ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish, o‘qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish. Kichkintoylarning harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga, lug‘at boyligini orttirishga, voqea va hodisalarga o‘z fikrini bildirishga erishish.
Vazifalar:

  1. Yil fasllari haqida ko‘proq ma’lumot berish.
    2. Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash, aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  1. Fasllar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishadi.
    2. Bolalar o‘zlari yoqtirgan fasllarda qanday mevalar pishib yetilishi, ob-havo qanday holatda bo‘lishini o‘rganib olishadi.

Kerakli jihozlar:

  1. Yil fasllari tasvirlangan suratlar.
    2. Qaldirg‘och, olma, chinor barglari surati, qor parchalari.
    3. Musiqadan foydalanish uchun televizor hamda DVD disk.
    4. Koptok.
    5. Kichkintoylarni rag‘batlantirish uchun o‘yinchoqlar.

Mashg‘ulotni tashkil etish usullari:
Bolalar bilan suhbat.
Ko‘rgazmalilik.
Tushuntirish.
Savol-javob.
Rag‘batlantirish.
Kichkintoylar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin.
TARBIYACHI: — Bolalar, hozir qanday fasl?
Bolalar javobi.
Bolalarga yangi mavzuni tushuntirib, ulardan qaysi faslni yoqtirishi so‘raladi.
— Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?
Bolalar javobi
Guruh bo‘lib ishlash.


1. Qaldirg‘och.



2. Olma surati.



3. Chinor barglari.



4. Qor parchalari suratlaridan namunalar qo‘yiladi.



Kichkintoylarga yoqtirgan fasllariga mos bo‘lgan suratlarni olib, shu surat bor stolga borib o‘tirishlari taklif qilinadi va to‘rt jamoaga bo‘lib olinadi.

  1. Bahor fasli jamoasi — qaldirg‘och guruhi.
    2. Yoz fasli jamoasi — olma guruhi.
    3. Kuz fasli jamoasi — chinor barglari guruhi.
    4. Qish fasli jamoasi — qor parchalari guruhi.

TARBIYACHI: — Aziz bolajonlar, o‘z joylaringizni egallagan bo‘lsangiz, sehrli yo‘lak­chamizga birinchi jamoamizni taklif qilamiz.
Har bir jamoa birma-bir taklif etiladi. Guruh xonasidagi devorga chizilgan suratdan foydalaniladi.
Bahor fasli.
Bolalarga bahor fasli haqida ma’lumotlar beriladi va jajjilarning nutqini yangi so‘zlar bilan boyitiladi. Bu faslda qanday bayramlar ni­shonlanishi tushuntiriladi.
Ular bahor fasli haqida o‘rgangan she’rlaridan aytib, joylariga borib o‘tiradilar.
Yoz fasli.
TARBIYACHI: – “Yoz fasli” jamoasini sehrli yo‘lakchaga taklif etamiz. (Sehrli yo‘lakchada gullar va olmalar bo‘ladi. Bolalarga yoz fasli haqida ma’lumotlar beriladi va shu faslga mos bo‘lgan she’rlar ayttirilib, joylariga kuzatib qo‘­yiladi.)
Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin