Asperger sindromiga birinchi ta’rif 1944-yilda mashxur olim Asperger tomonidan berilgan. Asperger sindromli bolalarda hayotining dastlabki uch yili osuda, qiyinchiliksiz o’tadi. Dastlab kognitiv va nutqiy rivojlanishida orqada qolishlar kuzatilmaydi. Asperger sindromi 140-500 ta yangi tug’ilgan bolaning 1tasida uchraydi. Bu ko’rsatkich 6-8 o’g’il bolaga 1 ta qiz bola nisbatni tashkil etadi.
Asperger sindromining asosiy simtomlari:
Asperger sindromining asosiy simtomlari:
Kasallik bola hayotining uchinchi yilidan zo’rayib boradi;
Chegaralanuvchi qiziqishlar va takrorlanuvchi harakatlar kuzatiladi;
Rett sindromi ilk bor 1966-yilda Andreas Rett tomonidan aniqlangan. 1983-yilga kelib, shved tadqiqotchisi B. Xagberg bu sindromni mustaqil birlikka ajratib berdi va uning asosiy diognostik belgilarini shakllantirdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra rett sindromli bolalar har 10000-15000 yangi tug’ilgan bolaning bittasida uchraydi.Bu sindrom faqat qiz bolalarda uchraydi.
Rett sindromining belgilari: - Faqatgina qizlarda kuzatiladi; - Hayotining birinchi uch yilida namoyon bo’ladi; - Qo’l-oyoqlar harakatining buzilishi; - Harakat jarayonida nafas olishdagi - qiyinchilik; - Talvasalar. Oqibatlari. Umurtqa pog’onasinig skolitik qiyshayishi; “ortirilgan” mikrosefaliya;
Tipik autizm
Tipik autizm bevosita ruhiy emotsiyalar bilan bog’liq.