Hamkorlikda o’rganish modeli - o’quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko’zda tutadigan metod.
O’rganishning tadqiqot modeli - o’quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar: 1.Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan’anaviy shakldagi mashg’ulot uchun ishlanma tuzing (Turli interfaol usullardan foydalanib).
2. An’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting.
3.An’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to’ldiring: