Mashg’ulot turi: ma’ruza
6-Mavzu: G.Emerson va M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari
F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.
G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.
Adabiyotlar:
[А.1]-144-159 bet, [Q.5]-53-61 bet.
Tavsiya etiladi:
1.R.Valijonov, O.Qobulov, A.Ergashev. Menejment asoslari. T., Sharq, 2002.
2. Sharifxo‘jaev M.SH., Abdullaev Yo. Menejment Darslik. T., O‘qituvshi»2001 3.Тесленко И.В. История менежмента. Учебное пособие. Екатеринбург, 2011.
tamoyillari
Reja:
F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.
G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.
F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.
Boshqaruv samaradorligi to‘g‘risida so‘z yuritilganda, bu borada F.Teylorning fikr va tamoyillari muhim rol o‘ynaydi, 1911 yili boshqaruv fanining asoschilaridan biri F.Teylorning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari“ kitobining chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan olinish davrining boshlanishi deb hisoblanadi. Ilmiy boshqaruv deb nomlangan konsepsiyaga asos solindi. Ushbu konsepsiya asoslari X1X asrning o‘rtalaridan XX asrning 20 yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. U shu vaqtgacha og‘zaki va onda-sonda bo‘lgan diskussiyalardan boshqarish borasidagi mustaqil izlanishlar natijalari va birinchi xulosalarini chop ettirilishi, bu izlanish va tadqiqotlar borasida baralla gapirilishiga va keng doirada fikr almashishlarga olib keldi.
Boshqaruvga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga birinchi turtki sifatida Yevropa mamlakatlardagi jadal o‘zgarishlar, xususan, Angliyadagi sanoat revolyusiyasining ro‘y berishi sabab bo‘lgan. Ammo, tashkilotning muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi sistemalashgan fikrlar Amerikada yuzaga keldi, bunga asosiy sabablar quyidagilar:
-Amerikadagi o‘sha davrdagi irqiy,
iqtisodiy erkinlik, hamda kishilarning moddiy kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi;
-XIX asrning oxirida Amerikada transkontinental temir yo‘llari qurilishining yakunlanganligi;
-davlatning biznesga aralashmaslik siyosati;
-turli xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o‘z omadini sinash maqsadida Amerikaga yo‘l olishi, bu davrda AQShda iqtisodiyotning rivojlanishi va tadbirkorlarning ko‘payishi boshqaruvni fan sifatida
shakllanishiga muhit