1.V-guruh kationlarini ajratish. Tekshirilayotgan eritmani ammiak eritmasi bilan neytrallanadi, song tomchilatib, analiz qilinuvchi eritma hajmiga teng miqdorda
HCl ning 2N eritmasidan qoshiladi. hosil bo’lgan cho’kma (I) tsentrifugat (I)dan ajratiladi:
Cho’kma (I) tarkibidagi kationlar V-analitik guruh kationlari aralashmasi analizi tartibi (13.5) boyicha tekshiriladi.
4-Ilova
2. IV-guruh kationlarini ajratish. Tarkibida ortib qolgan HCl bo’lgan sentrifugat (I) ga IV-guru+ kationlari aralashmasining analizi tartibi (12.12) da korsatilgandek vodorod sulfid gazi yuboriladi. hosil bo’lgan cho’kma (II) ni tsentrifugat (II) dan ajratiladi.Cho’kma (II) tarkibidagi birikmalar tortinchi gurug
kationlari aralashmasining analizi tartibi boyicha ketma-ketlikda tekshiriladi.
Tsentrifugat (II)ni morili shkaf ichida, uning yarmi qolguncha ortiqcha vodorod sulfidni yoqotish uchun buglatiladi. Cho’kmaga tushgan oltingugurtni sentrifugada
ajratib, tashlab yuboriladi. Sentrifugat (III) esa, I-III guruh kationlari aralashmasining analiz qilish tartibi boyicha tekshiriladi.
O`quv faoliyatining natijalari (Talabalar):
1.III, II va I guruh kationlarni aniqlashga tavsiyalar beradi
2. Anionlarni aniqlaydilar
3. Hulosa yozadilar