23-tajriba. Probirkaga 2ml kons. (muz) sirka kislota va 2ml etil spirt quyib,ustiga 0,5ml kons. Sulfat kislota qo’shing. Probirka og’zini gaz chiqish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Aralashmani 3-5 minut ehtiyotkorlik bilan qizdiring.Suyuqlik sovugach, ustiga osh tuzining to’yingan eritmasidan 2ml solib chayqating.Sirka etil efir suvda erimagani va suvdan yengil bo’lgani uchun eritma ustida qavat hosil qilib yigiladi, hush bo’y hid beradi.Reaksiya ikki bosqichda boradi, reaksiya tenglamasini yozing.
24-tajriba. Dietil efirini olinishi. Gaz chiqarish nayi o’rnatilgan probirkaga 1ml etil spirt va ehtiyotkorlik bilan kons. Sulьfat kislota quying. Aralashmani ehiyotkorlik bilan qizdiring va hidlab ko’ring.Alangani o’chirib, 0,5ml etil spirt qo’shing, yana hidlang o’ziga hos efir osil bo’ladi.Probirka og’ziga yonayotgan gugurt cho’pini yaqinlashtiring, dietil efirini yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
40.1Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
Mashg’ulot vaqti 2soat.
Talabalar soni 12 ta
Mashg’ulot mavzusi
Al’degid va ketonlarning kimyoviy xossalari.
Mashg’ulot shakli
Laboratoriya mashg’uloti
Laboratoriya rejasi
1.aldegidlarni oksidlanishi.
2.Aldegidga hos birikish reaksiyalarini bajarish.
O’quv mashg’ulot maqsadi: Al’degid va ketonlarni olinishi,
kimyoviy xossalari, fizikaviy xossalari haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Pedagogik vazifalar: -alьdegidlarni oksidlanishi;
-alьdegidga hos birikish reaksiyalarini bajarilishini tashkil qilish.
- Al’degidlarga hos birikish reaksiyalarini tushuntirish
O’quv faoliyatinig natijalari: (talaba)
-aldegidlarni oksidlanishi;
-alьdegidga hos birikish reaksiyalarini bajaradilar(natriy bisulfat bilan, gidroksilamin, fenilьgidrozin, fuksinsulfat kislotasi bilan )
-aldegidlarni xossalarini o’rganadilar, tajriba bajaradilar.
2.1 «Aqliy hujum» metodi asosida talabalarni faollashtirish.((1-ilova)
2.2Al’degid va ketonlarning laboratoriya sharoitida olish uchun kerakli asbob-uskunalarni tayyorlash.
2.3 Al’degid va ketonlarning laboratoriya sharoitida olinishi.(2-ilova)
2.4 bajarilgan ish yuzasidan hisobot yozish.