Xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning bilimini baholash metodoligiyasi akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/3
tarix24.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#134933
  1   2   3
Akbar-To‘raqulov-94-100-JUSR








XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI
Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li
DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xurramova Aziza Abdurasul qizi
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi azizaxurramova38@gmail.com
Annotatsiya: O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini, bilim va ko‘nikmalarini baholash usullari hamda metodlari haqida so‘z borar ekan, avvalo baholashning qanchalik afzal va samarali ekanligini ham aytib o‘tish kerakdir. Ushbu maqola orqali esa Xalqaro baholash asosida o‘quvchilarning bilimini baholash metodologiyasi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Baholash, metodika, metodologiya,Milliy o‘quv dasturi, Dastur,Xalqaro baholash tizimi, PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS,Diagnostik baholash, Formativ baholash,Summativ baholash.
Baholash o‘zi nima, u bizga nima uchun kerak? Qanday baholash kerak? O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini aniqlash, o‘lchash, tahlil etish uchun ular baholanadi. Baholash hozirgi ta'lim tizimining asosiy va ajralmas muhim qismi hisoblanadi. Baholash natijasida chiqariladigan xulosalar o‘quvchi, o‘qituvchi, ta'lim yo‘nalishi, ta'lim muassasasi, ta'lim dasturi yoki butun boshli bir ta'lim tizimining faoliyatiga baho berish uchun ishlatiladi.
Baholash- ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarini aniqlash va tahlil etishdan iboratdir. Baholashdan maqsad o‘quvchilarning o‘quv faoliyati rivojlanishi to‘g‘risida tegishli ma'lumotlarni to‘plash, o‘quvchilarning o‘quv jarayonini yaxshilash to‘g‘risida qaror qabul qilish hamda ularning qiziqishlaridan, o‘qitishdan asl natijalari bilan kutilganlarning mosligini aniqlash.
O‘quvchilarni PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro dasturlari imtihonlariga tayyorlash, tadqiqot natijalariga ko‘ra zarur xulosalar chiqarish, ta'lim mazmuni va jarayoniga kerakli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu bois Milliy o‘quv dasturi asosida yangilanayotgan darsliklarga xalqaro baholash dasturlarining baholash mezonlari va mexanizmlariga javob beradigan, o‘quvchilarni ana shu dasturlarning imtihonlariga tayyorlashga xizmat qiladigan materiallar ham kiritilyapti.Masalan, "Ona tili va o‘qish savodxonligi" darsligidan o‘quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy topshiriqlar joy olgan. Bunday topshiriqlar vositasida o‘quvchida matnni tushunish, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda tutiladi.Matematika fani bo‘yicha ham tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda yangiliklar kiritilyapti. Jumladan, matematika fanini o‘qitishga xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, baholash me'zonlari va mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilmoqda.Biologiya fani bo‘yicha esa PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari talablariga mos keladigan vazifa va topshiriqlar bilan boyitilmoqda. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajariladigan, ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi topshiriqlar ishlab chiqilmoqda.Milliy o‘quv dasturi asosida tayyorlanayotgan boshqa fanlarning darsliklari, mashq daftarlari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarda ham xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, ularning o‘lchov va me'zonlarini hisobga olish ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholanadi.Xalq ta’limini rivojlantirishning konsepsiyasi tasdiqlangan. Bu baholash dasturida o‘quvchilarlarning bilim sifati manitoringi 5 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi.PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi.TALIS o‘qitish va o‘rgatish xalqaro tadqiqoti.TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin. Baholashning 3 xil ko‘rinishi mavjud:

  1. Diagnostik baholash ( boshlang‘ich)

  2. Formativ baholash ( shakllantiruvchi, joriy)

2.Summativ baholash ( xulosalovchi, yakuniy)
Diagnostik baholash bu boshlang‘ich baholash bo‘lib o‘quv yilining boshida maktabda olib boriladigan muntazam va qat'iy jarayon. O‘quv predmeti yoki akademik bosqich boshlanishi paytida,hatto o‘quv markazi ham o‘z o‘quvchilariga diagnostika bahosi berish uchun eng yaxshi vaqtni baholay oladigan markazdir.
Diagnostik baholashning maqsadlari:

  • Shtat talabalari nimada ekanligini tushunib oling;

  • Mavzu haqida nimalarni bilishini bilib oling;

  • Hayotingizni osonlashtiradigan qarorlar qabul qiling;

  • Ta'lim jarayonini rivojlantirish jarayonida o‘rganishni takomillashtirish;

Formativ baholash (o‘rganish uchun baholash)- ta'lim jarayoni davomida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish sifatini baholab borish. Formativ baholash shakllantiruvchi, joriy baholash bo‘lib muntazam tarzda o‘tkazib boriladi. U ta'lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni tezkor aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirilish va ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta'minlash imkonini beradi. Marina Aleksandrovna Pinskaya, pedagogika fanlari nomzodi, tadqiqotchi "Baholashning yangi shakllari" kitobida quyidagilarni yozadi: Formativ baholash o‘quv jarayoni nafaqat yakuniy bosqichda, balki boshlang‘ich va o‘rta bosqichda qanday o‘tayotganiga tashxis qo‘yish uchun zarur, va agar ma'lumotlar qoniqarsiz bo‘lib chiqsa, olingan ma'lumotlar asosida kerakli ma'lumotlarni kiritish va ta'lim faoliyati sifatini oshirish uchun o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Formativ baholash butun o‘quv dasturi o‘rniga individual o‘quv mahoratiga yoki o‘quv dasturidagi ko‘nikmalarga yo‘naltiriladi. Ushbu baholashlar ma'lum bir maqsad sari intilishni o‘lchash uchun mo‘ljallanadi deb aytadi.1
Formativ baholashning eng foydali qismlaridan biri shundan iboratki, shakllantiruvchi baholashning yagona uslubi yo‘q. Buning o‘rniga mavjud bo‘lgan yuzlab turli xil baholash usullari mavjud. Har bir o‘qituvchi potentsial shakllantiruvchi baholashning chuqur repertuarini ishlab chiqishi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar shakllantiruvchi baholashni o‘quvchilarining ehtiyojlariga moslashtirish va o‘zgartirishlari mumkin. Bu juda muhim, chunki tafovut o‘quvchilarni jalb qilishga yordam beradi va o‘qituvchining o‘rganilayotgan tushunchalarni to‘g‘ri baholashiga mos kelishini ta'minlaydi. Variantlarga ega bo‘lish, shuningdek, o‘quvchilar yil davomida ularning shaxsiy imtiyozlari yoki kuchli tomonlariga va zaif tomonlariga tabiiy ravishda mos keladigan baholashning turlarini ko‘rishlariga yordam beradi.
Formativ baholashning eng yaxshi turi - bu jalb qilish, o‘quvchilarlarning kuchli tomonlariga moslashish va qo‘shimcha o‘qitish yoki yordamga muhtoj bo‘lgan sohalarni aniqlash. Formativ baholash o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun juda ko‘p ahamiyatga ega bo‘lgan tasdiqlangan o‘quv vositasidir. O‘qituvchilar kelgusidagi darslarga rahbarlik qilish, o‘quvchilar uchun individual o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish va o‘quvchilarga taqdim etilayotgan darslarning sifati to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlarni olish uchun shakllantiruvchi baholashni ishlab chiqish va undan foydalanishlari mumkin.
Summativ baholash ta'lim oluvchining ta'lim jarayonining ma'lum o‘zlashtirish natijalarini belgilangan davrdagi mezon va standartlariga javob berishini aniqlaydi. Summativ baholash ta'lim jarayonining ma'lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. Summativ baholash turi mavzuning, chorakning yoki yarim yillikning yil va asosiy bosqichning oxirida, o‘quv dasturlariga mos topshiriqlar yordamida o‘tkazilishi mumkin. Summativ baholash yozma, test, og‘zaki, suhbat, amaliy topshiriq shakllarida bo‘lishi mumkin. Maqsad -o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish, yani ular o‘zlari o‘rgatgan materialni qay darajada o‘rganganliklarini tekshirish.Summativ baholash dars yoki dastur samaradorligini baholashga intiladi, o‘quv jarayonini tekshiradi va xokozo.
Xulasa qilib aytadigan bo‘lsak, baholash hozirgi ta'lim tizimining asosiy va ajralmas qismidir. Agar rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga nazar solsak misol uchun Buyuk Britaniyada xodimlarga (o‘qituvchilarga) kattalar (rahbarlar) tomonidan ta'lim va tarbiya sharoitida ta'limni baholash bilan bog‘liq holda yaxshi amaliyotni o‘rganish va rivojlantirishga yordam beriganligi uchun Ta'lim, baholash va sifatni ta'minlash (TAQA) bo‘yicha mukofot mavjud. Demakki baholash ta'limni rivojlantirish uchun asosiy jarayondir. Ayniqsa formativ baholash ta'lim sifati haqida aniq ma'lumotlar beradi. Faqatgina formativ baholash emas boshqa baholash turlari ham muhim va samarali hisoblanadi. Shu o‘rinda aytishimisiz kerakki mamlakatimiz ta'lim sifatini oshirishga, xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda va ta'lim tizimiga bir qator ilg‘or xorijiy texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Bularning barchasi albatta mamlakatimiz o‘zini rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rish va peshqadam bo‘lishi ham uchundir. Zero, kelajak yoshlar qo‘lida. Shuning uchun ham mamlakatimiz presidenti yoshlarga alohida e'tibor qaratib, ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga kirishmoqdalar.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin