50-tajriba . Moylarni emulsiyalash. Reaktiv va materiallar: o’simlik moyi 5% li o’yuvchi kaliy eritmasi, sovun eritmasi, oqsil eritmasi, distillangan suv, probirkalar, pipetkalar.
5 ta probirka olib, ularga bir hil miqdorda 4–5 tomchi o’simlik moyi solish. Birinchi probirkaga 5 ml distillangan suv, qolganlariga esa 5 ml dan o’yuvchi kaliy soda, sovun va oqsil eritmalaridan qo’ying. Hamma probirkalardagi aralashmani yahshilab chayqating va har qaysi probirkada hosil bo’lgan emulsiyaning barqarorlik darajasini kuzating. Yog’ va moylar ichaklarda emulsiya holida bo’lib, katta sirtga ega, bu ularga fermentlarning ancha samarali ta’sir etishiga yordam beradi. Turli jismlar, kiyimlar sirtidan moy yoki yog’ dog’i ham emulsiya yo’li bilan ketkaziladi.
51-tajriba. Probirkaga biror o’simlik moyidan 2-3 tomchi olib, uni bir necha tomchi hloroform yoki efirda eriting. Probirkadagi eritmani chayqatib turib,unga tomchila bromli suv qo’shing.moyni bromlash uchun saflangan bromli suv miqdorini aniqlang.shu tajribani qattiq yog’ bilan bajaring bunda bromli suv kam sarf bo’ladi,nima uchun.
52-tajriba. Prbirkaga biror o’simlik moyidan 1ml quying,unga natriy karbonatning 2n eritmasidan 1ml va kaliy permanganatning 0,2n eritmasidan 1ml quying,kuchli chayqating. Kaliy permanganat eritmasi rangsizlanadi.
CH 2 −O−CO-(CH2)7−CH=CH−(CH2)7−CH3 |
CH 2 −O−CO-(CH2)7−CH=CH−(CH2)7−CH3 + 3[O] +3HOH →
|
CH 2 −O−CO-(CH2)7−CH=CH−(CH2)7−CH3