Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-Ilova Baholash mezoni va ko`rsatkichlari



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə45/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

2-Ilova
Baholash mezoni va ko`rsatkichlari

Guruhlar

Savolning to`liq va aniq yoritilishi

0 -0,33 ball



Tajriba bajarish bilan muammoga yechim topishi
0-0,33ball

Qo’shimcha savollarga javob berish

0-0,34 ball



Jami ball
1
















0,55 – 0,70ball – «qoniqarli». 0,71 – 0,85 ball – «yaxshi». 0,86 – 1 ball – «a’lo

3-ilova
Tajribalar




1. Azotning olinishi va xossalari
a) Probirkaga quyidagi aralashmani soling: 3 g maydalangan KNO3 va 60 g temir qipig‘i. (Agar kukun xolida temir olinsa reaktsiya shiddatli ketadi). Sыngra probirkaga paxta bo‘lagidan juda xam zichlashtirmay tuz zarrachalarini ushlash uchun qo‘yib, gaz o‘tkazuvchi nay bilan probirkani berkiting va shtativga mahkamlang. Probirkani asta-sekinlik bilan qizdiring va probirkadan havo siqib chiqarilgandan so‘ng silindrni chiqayotgan gaz bilan suv ostida to‘ldiring. Silindr yoki kengroq probirka gaz bilan to‘lganidan so‘ng, uni suv ostida shisha plastinka bilan berkiting va vannadan chiqarib oling. Reaksiya tenglamasini yozing (kaliy va temir oksidlari hosil bo‘ladi).
Azotning fizik xossalarini o‘rganing (rangi, xidi, suvda eruvchanligi). Azot bo‘lgan silindrga yonib turgan cho‘pni tushiring. Nima kuzatildi? Azotni uglerod (IV) oksididan qanday qilib farq qilish mumkin?
b) Probirkaga 2 g maydalangan natriy nitritdan soling va unga 4-5 ml ammoniy xloridning to‘yingan eritmasidan quying. Probirkani gaz o‘tkazuvchi nayli tiqin bilan berkiting, shtativga maxkamlang va asta-sekin qizdiring. Reaksiya boshlanganidan 1-2 daqiqa o‘tgach (nima uchun?) ajralib chiqayotgan gazni silindrga suv ustida yig‘ing. Silindr gaz bilan to‘lganidan so‘ng uning og‘zini shisha plastinka bilan berkiting va vannadan chiqarib oling. Ammoniy nitritning parchalanish reaksiyasini yozing. Nima uchun NH4NO2 o‘rniga NaNO2 va NH4CI tuzlari aralashmasidan foydalanilishini tushuntirib bering.
Azotning fizik xossalarini tavsiflang. Silindrga (keng probirkaga) yonib turgan cho‘pni tushuring (nima kuzatiladi?) yoki kaltsiy gidroksidli suv quyib chayqating. Kaltsiy gidroksidli suv o‘zgaradimi?

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin